""UCHRASHAMIZ""
Oy yulduzni etib xamrox.
Xilvatlardan izlab panox
Mayli bo'lsa bo'lsin gunox.
Uchrashamiz kel bugun.
So'zing tinglab ko'nglim to'lar.
Seni ko'rib ko'zim kular.
Mayli nima bo'lsa bo'lar.
Uchrashamiz kel bugun.
Kel bog'larni kezamiz.
Bog'lardan gul uzamiz.
Ishq ko'lida suzamiz.
Uchrashamiz kel bugun.
O'tar oylar bir birin quvib. O'tar kunlar yelday yugurib. Oshiq qalbga ishq o'tin yoqib. Yana bahor keladi do'stlar. Qozonlarda sumalak qaynar. Bog'lar aro bulbullar sayrar. Tog' bag'rini bezab lolalar. Yana bahor keladi do'stlar. Samo uzra varraklar uchar. Maysalar yer bag'rini quchar. Buni ko'rib quvonar ko'zlar. Yana bahor keladi do'stlar.
Ko'zingda yosh boshing egik. Aytgin nega QALDIRG'OCH. Yuragingda ne darding bor. Aytgin menga QALDIRG'OCH. Aytgin qushim qay nomard. To'kdi ko'zda yoshingni. Aytaqolgin qanday dard. Egdi aziz boshingni.
OXUN KABI BO'LOLMAYDI..... Mayna ming xil ovoz bilan sayrasa xam. Mayna bo'lib qolar bulbul bo'lolmaydi. Ustoz OXUN qo'shig'ini kuylaganlar. Ming urinsin lekin OXUN bo'lolmaydi.
TASHLAB KETGAN KUNINGDAN BUYON..... Ko'rgan kunim sarobdur sarob. Sensiz xolim xarobdur xarob. Yolg'iz dilda o'kinch istirob. Tashlab ketgan kuningdan buyon Sevgi gulim so'ldiku asta. Ko'nglim yig'lar yuragim xasta. Xayot to'xtab qoldi birpasta. Tashlab ketgan kuningdan buyon. Ko'zlarimdan oqdiku yoshim. Mag'rur edi egildi boshim. Qalamqoshim ey bag'ritoshim. Tashlab ketgan kuningdan buyon. Sensizlikda o'tmoqda kunim. Bedorlikda o'tmoqda tunim. Ustimdan xo'p kuldiku g'anim. Tashlab ketgan kuningdan buyon. Sherlar yozib o'zni ovutdim. Yonib turgan dilim sovutdim. Kelarsan deb intizor kutdim. Tashlab ketgan kuningdan buyon. Shoir Hushnud dilida alam. Yuragini ezar og'ir g'am. Qalbi uni emasdu