Предыдущая публикация
Takrorlayman isming,
Go`yoki hammasi
Tushga o`xshab ketar.
Bu tushni o`ngimda
Ko`rganday men bo`ldim,
Yurgan izlaringni
Men topa olmadim, Ismigul.
Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg`uborliging oldida
Bosh egaman.
Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul.
Bulbul ham men kabi
Tonggacha kuylaydi,
Netay endi jonim,
Men seni yo`qotdim, Ismigul.
Nechun ikkimizni
Ayt, taqdir tanladi?
Umrbod men quling
Bo`laman malikam.
Ishon, sensiz bir on ham
Yashay olmayman,
Beg`uborliging oldida
Bosh egaman.
Saratonga soya,
Tunga oy kerakdek
Sen menga keraksan,
Ismigul, Ismigul, Ismigul.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев