Bolaga bir ikki musht tushirishdi, va savol bera
boshlashdi!
- Ha, jin ursin, nima qilib boyni uyiga o'g'rilikka
tushding?!
- Pulim yo'q edi-da, aka!
- Unda o'qish kerak edi, sen la'nati o'qimagansan-da a?!
- O'qishga ham pul yo'q edi-da, aka!
- Ota-onang seni o'qitishi kerak edi, qani ular o'zi,
sendaka xaromi ularga ham kerak bo'lmagan-da a?!
- Ota-onam yoshligimda o'tib ketishgan-da, aka!
- Unda ishlashing kerak edi, qora ishlar tiqilib yotibdiku
la'nati?!
- Ishdagi oylikka yetib olish uchun ham pul kerak-ku,
oylikka yetib ololmasdan ochlikdan o'lar edim-da, aka!
- Hop, unda o'g'rilik ham qilmasliging kerak edi?!
- Menda boshqa yo'l yo'q edi-da, ochlikdan o'layotgan
edim-da, aka!
- E, bizga desa o'lib ketmaysanmi, bizni ishimiz
o'g'rilarni qamash, sendaka la'natilarni qamash, bizga
desa o'lishing kerak edi?!
- Ota-onamga o'lishlaridan oldin katta o'qigan olim
bo'laman deb va'da berib qo'ygan edim-da, aka!
- Unda nima qilib o'g'rilik qilding, qamalish uchunmi?!
- Qornimni to'ydirish uchun, o'g'rilik qilib qornimni
to'ydirardim, keyin boyib ketsam qaytarib olib kelib
berardim o'sha pullarni, aka!
- Iye, xaromi, nima menga ertak aytyabsanmi?!
- Yo'q, aka, kechiring!
- Bo'pti, menga pul berib chiqib ketaver, seni urganim
uchun qo'lim lat yedi, shunga to'lov!
- Aka, pulim yo'q edi-da!
- Tanishlaring bormi?! qarindosh urug'lar degandek?!
- Bordur, lekin ular bilan aloqa qilmayman, ular baribir
menga pul berishmaydi!
- Mayli, sen mendan qarz bo'lib qolding, yana shunday
qilsang, aniq qamalasan!
- Rahmat, aka, rahmat! boshqa bunday qilmayman!
rahmat aka...
Xasandan:Uni rostdan, puli yo'q edi-da, nima qilsin
boshqa...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев