“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galning aytishicha, “qizil iblislar” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashadi.
- Hozirda bizni to'rtta klub ortda qoldirmoqda. Ulardan o'tib olsak, oltin medallarni qo'lga kiritishimiz mumkin bo'ladi. Albatta, bu qiyin vazifa, lekin uddalasa bo'ladi.
Yetakchilar katta bosim ostida harakat qilishmoqda. Avvalgi mavsumda biz ham shunday bosimga uchraganmiz. Safarda “Chelsi”ga yutqazgan edik. Agar g'alaba biz tomonda bo'lganida, mavsum klub uchun boshqacha tus olardi, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” ayni damda 37 ochko bilan Angliya chempionatida beshinchi o'rinda bormoqda.
Manba: uff.uz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев