"Manchester Yunayted" jamoasi darvozaboni Viktor Valdes tez orada ingliz klubini tark ,etadi va muxlislar bilan xayrlashdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ularga minnatdorlik bildirgan.
– Barcha muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. Buni hech qachon unutmayman. Tezda ko‘rishamiz, – deydi Valdes o‘zining ijtimoiy sahifasida.
Endi golkiper Belgiyaning "Standard" jamoasiga o‘tishi mumkin. Avvalroq "MYu" bosh murabbiyi Lui van Gal uning asosiy tarkibda tushmasligini ma’lum qilgan.
2015 yil yanvarida "qizil iblislar" safiga kelib qo‘shilgan ispaniyalik posbon bu mavsum biror marta o‘yinda ishtirok etmadi.
manba: sports.uz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев