Boy gerdaysa - salobat, kambag'al ta'zim qilsa - xushomad. Boy gapirsa - donolik, kambag'al sukut saqlasa - nodonlik. Boy mersedes olsa - qulluq bo'lsin, kambag'al velosiped olsa - qayerdan olding?. Boy o'lsa - motam, kambag'al o'lsa - bandalik. Boy ochiq - sochiq kiyinsa - zamonaviylik, kambag'al ochiq kiyinsa - sharmandalik. Boy jinoyat qilsa - sho'xlik, kambag'al sho'xlik qilsa - jinoyat....