“Mana bu soat 200 yoshga ega, va buni menga bobong bergan. Buni senda qoldirishimdan avval, soat do’koniga bor-da, buni sotmoqchilingni ayt va baxosi qanchaligini bilib kel”
O’g’il soat do’koniga borib-kelib otasiga dedi: “Soatsoz atigi 5 dollarga olaman dedi, sababi juda eski ekan”
Ota dedi: “Zargarga bor”
O’g’il zargar oldidan kelib,
“U 10 dollar bermoqchi” dedi
Ota: “Muzeyga oborib ko’r”
O’gil muzeyga bordi va qaytib kelib otasiga dedi: “Ular menga shu bir bo’lak narsa uchun million dollar taklif qildi”
Ota tushuntirdi: “Men seni bilishingni xohladimki, muhit to’g’ri tanlansa qobiliyatlaring ham to’g’ri qadrlanadi. O’zing noto’g’ri joyga turvolib, qadrlamaganlardan g’azablanma.
O’z qadrini bilgan, o’z joyini ham biladi”
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев