Bu fikrlarni tahlil qilib ko`rsak! qXo`sh, qaysi biri termamiz uchun foydali?! Bunga bir deganda javob berish qiyin. Sababi Kuperning olis o`tmishdagi “karerasi”. Biz hozirda murabbiyimizni o`yinimizga mazmun olib keldi yoxud jamoani kuchaytirdi deyishimiz mumkinmi? Kim nima desa desin, men bunga yo`q degan bo`lardim. Kuper ehtimol Babayan davridagi MTJni kuchaytirgan bo`lishi mumkin. Lekin Abramov va hatto Qosimov boshqargan davrdagi MTJdan kuchli o`yin ko`rsatayotgani yo`q. O`z-o`zidan bu boradagi xulosam: “muzqaymoq chet elniki ekan deb yotib olib yalashimiz kerak emas”. Kuper dastlab MTJni qabul qilib olganida Suriya va Eronga qarshi mazmunsiz o`yin ko`rsatdi. Bunda biz bosh murabbiyni sehrgar emas deya uni termamizga moslashtirishga harakat qildik. Unga vaqt berdik. Lekin noyabrdagi o`rtoqlik o`yinlarini eslang. Livan bilan durang o`yinida bir kishi kam o`ynab bizning darajamizdan ancha past bo`lgan jamoa bilan durang natijani qaydi etganini maqtashimiz kerakmi yoki Janubiy Koreyadan 4 ta gol o`tkazib yuborgani uchun 5 ta gol “yemaganimiz” sababli uni olqishlaylikmi? Osiyo kubogida esa mazmunsiz 1-o`yinimizni Turkmanistonga urilgan 4 ta gol ehtimol yuvib yuborgandir. Biroq Yaponiya va Avstraliyaga qarshi o`yinda mag`lub bo`lganimizni nima bilan oqlaymiz? Chiroyli o`yin desangiz, o`yinimiz chindanam chiroylimidi? Yaponiyaga qarshi o`yinda durang o`ynaganimzda ham bizga Avstraliya to`siq bo`lmasdi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: Avstraliya Kuper “pishirgan osh, uni aylanib ham o`rgilib ham murabbiy o`zi yeyishi kerak edi”. Aslida esa penaltilar seriyasiga borganda uning pishirgan oshi “bog`ziga tiqilib qoldi”.
Shu o`rinda tarixga nazar tashlasak, 2011-yilda Eronga qarshi tarixdagi 1-mazmunli va shiddatli o`yinimizda mag`lubiyatga uchradik. O`yinga qaramadik, natijaga qaradik. Abramovni iste’foga chiqardik. Shu davrdan boshlab o`yinimizda mazmun yo`qoldi yoki bu vaziyatga diniy baho bersak “o`zbek futbolini qarg`ish urdi” go`yo. Termani Qosimovga berdik. U harakat qildi, biroq harakatning o`zi yetarli emas edi. U asosan natijaga e`tibor qaratdi va o`yinda mazmun yo`qoldi. Yana o`z ananamizga sodiq qoldiq. O`yinga qaramadik, natijaga qaradik. 2015-yilda Osiyo Kubogida chorak finalda Janubiy Koreyaga 2 ta to`p farqi bilan yutqazdik. Bu safar o`z falsafamizda voz kechib, natiaga emas o`yinga qaradik. Qosimov qoldi. Oradan ko`p vaqt o`tmasdan Shimoliy Koreyaga 4-2 hisobida yutqazilgan mag`lubiyatdan so`ng Qosimovni ham iste’foga chiqardik. O`rniga Babayanni qo`ydik. Bu davrni eslashni istamayman ham. Lekin Babayan boshchiligidagi jamoamizda na natija, na mazmun bor edi. Biz JCH-2018dan mahrum bo`ldik va uni ham iste`foga chiqardik.
Xo`sh endi nima bo`ladi?! Ektor Kuperni iste’foga chiqarish uchun JCH-2022 saralashidagi mazmunsiz o`yinni kutamizmi yoki Qosimovni termamizdan “haydagan” kabi, saralashdagi dastlabki mag`lubiyatdan keyin unga javob beramizmi? Bu bizga qimmatga tushmasmikin!? Sababi shundog`am biz JCH-2022 saralashida muammolar girdobidamiz. Osiyodagi kuchli beshlikdan chiqdik, o`nlikdan uzoqlashdik va hatto o`nbeshtalik bo`sag`asida turibmiz. Bu ketishda saralash qur`asida qo`shimcha savat bo`lmasa termamiz savatlarga “sig`may qolsa ham ajablanmang” (Hazil).
Kelajak bugundan boshlanadi. Men aniq aytishimiz mumkin Abramov ham, Qosimov ham Kuperdan mazmunli va natijali o`yin ko`rsata olardi. Lekin biz “muzqaymoq” falsafasiga sodiq qoldik. Endi “to`ydan keyin qo`yiladigan xina” holatiga tushmaslik uchun Ektor Kuperga javob bersak yaxshi bo`lardi! Bu yo`ldagi tashabbusni esa UFAdan kutib qolamiz!
Kattabek Rahmankulovich Achilovich
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев