Yo'limdan qoch hammasidan to'yib ketdim.
Necha bora hiyonat, lekin kechiraverardim sevganim sabab,
Meni unut bugundan boshlab.
Ketaman lekin nimadur mani ortimga tortar,
Lek ishonaman bir kun, yurak uni unutar.
Hayotda xatoyim bo'ldi man sani uchratganim,
Undanam battari bo'ldi sani sevib qolganim.
Lekin to'lib bo'lgan sabr kosam,
Ketaman izlab yordam, yuragim to'xtab urgan.
Qo'llarim ko'ksimga qo'ysam olsam qo'llarim qon,
O'sha qonda ham sani visoling namoyon.
Endi yuragim urmasa, kimga ham kerakman,
Yuragim san bilan qoldi, sanga kerakmasman.
O'zi keragim bo'lganmi, bu dunyoda bir zum,
A hech bo'lmasam sog'inganmiding mani bir kun.
Ko'zlarim xiralashdi, yuragim umuman yo'q,
Astalab kun botardi, orqaga esa yo'l yo'q.
Ko'chada qish kunlari, manga yomon sovuq,
Shunda ham sani esladim sanga qizig'i yo'q.
Sanga qizig'i bo'lmasa, kimga qizig'i bor,
Axir sandan ortiq, bu dunyoda mani kimim bor.
Sanu mandan voz kechding, endi manda hech kim yo'q,
Mani uyqum keladi lekin ko'chada sovuq.
Agar hozir uxlasam uyg'onmasligim tayin,
Ko'karib ketdi lablarim, chiday olmadim.
Ko'zlarim yumuldi, yaxlab qolgan kipriklarim,
Bir biriga ulandi, hammasi bugun tugadi.
Ko'zlarim ochilganda, qandaydir xonadonda yotardim bir o'zim,
Chamasi yarim soatdan keyin, kirib keldi begona insonlar.
Lekin mehrga to'la ko'zlar, mani asrab qoldi 18 yoshli go'zal,
Oradan o'tardi kunlar, lekin mani qiynardi hamon o'sha o'ylar.
Hatto begona insonchalik bo'lolmading menga,
Shu begona insonlar, malham bo'ldi dardimga.
18 yoshli qizturg'izdi mani oyoqqa,
Agar shu qiz bo'lmaganda, borardim qayoqqa.
Mehribon ekan, qutqardi mani o'limdan,
O'sha kuni baxt uchradi manzili yo'q yo'limdan.
Astalab sekin, unga tushdi ko'nglim,
Unga berdim mehrim, lek yuragim berolmadim.
Chunki o'sha ayanchli kun yurak qo'ldi senda.
Azobi uqubatdan ortiq ne qoldi menda.
Lekin esingdan chiqarma, bir kun kelib boraman.
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Sani oshiqlarindan endi mani kamim yo'q,
Manda ham moshina bor, kiyim kechaklarim ko'p.
Axir senga yoqmasmidi, kimda moshina bo'lsa,
Kimda kiyimlari ko'p, har kuni alishtirsa.
O'sha payt man netay sharoitim bo'lmagan,
Axir sen emasmiding, mani shu ko'yga solgan.
Bugun kun botib, sani oldinga boraman,
Sanda qolib ketgan yuragim qaytib olaman.
Yaqinlashganim sari, san tomonga,
Ich ichimdan to'lib ketdim negadir hayajonga.
Eshik oldida turib, ozgina shoshilmadim,
Avval uy atrofiga, nazarimni tashladim.
Hammayoq isqirt edi, umuman qaralmagan,
Bo'tta halovat tugab, yovuzlik hukm surgan.
O'ylanib o'yimda, so'nra bosdim tugmani,
U esa chiqib keldi ko'zlarida yoshlari.
Yoshini ko'rib, ichimdan suyunib ketdim,
Axir mani ahvolimga u achinmagan edi.
O'ylab ko'rsam manga u yurakning keragi yo'q,
Manda boshqa yurak, manga o'sha yurak kerak.
Sanda qolib ketganini esa o'zinga ob qo'y,
Unga sandan boshqa hech kim sig'maydi bilib qo'y.
Deya chiqib ketdim, ortimni o'girib,
U esa ortimdan chiqdi, yalinib yolvorib.
Bilgin sani kechirmayman, bu dunyoda hech qachon,
Axir sani sevganimda. ketding mani o'ldirib.
Gapirma jim, o'z ko'zlarim bilan ko'rdim,
Yo'limdan qoch hammasidan to'yib ketdim.
Necha bora hiyonat, lekin kechiraverardim sevganim sabab,
Meni unut bugundan boshlab.
Gapirma jim, o'z ko'zlarim bilan ko'rdim,
Yo'limdan qoch hammasidan to'yib ketdim.
Necha bora hiyonat, lekin kechiraverardim sevganim sabab,
Meni unut bugundan boshlab.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев