Iltimosim yaratgam egam, bizni ko'kka qaratgan egam, dovrug'imiz taratgan egam, xalqim uchun vatanim asra, vatan uchun xalqimni asra. Ota bo'lib bahtim tilagan, ona bo'lib boshim silagan, bergan tuzin minnat qilmagan, xalqim uchun vatanim asra, Vatan uchun xalqimni asra. G'ariblarga najot bòl degan, qanotsizga qanot bòl degan, yahshilik-chun ijod qil degan, xalqim uchun vatanim asra, vatan uchun xalqimni asra. Shoir qilgan g'arib ilhomni, òrgatganlar izzat-ikromni, bizni deya bilmas oromni, xalqim uchun vatanim asra, vatan uchun xalqimni asra. O'tinchimni qoldirma yorab, dil binosi ketmasin nurab, dil bog'idan zog'larni quvlab, xalqim uchun vatanim asra, vatanim uchun xalqimni asra. 2015-yil.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев