Meni eslamasin essa shamollar,
Yodga solmasin daydi daryolar,
Yomg'ir eslatmagin berib savollar,
MENGA BEVAFOYIM BAXTLI BO'LSA BAS,
To'kmagin kuz endi xazonlaringni,
Men tomon yuborgil xijronlaringni,
Kimga ham so'zlayin armonlarimni,
MENGA BEVAFOYIM BAXTLI BO'LSA BAS,
Uning boshi uzra yog'magin yomg'ir,
Doim bardoshiga aylangin sabr,
Umrim bo'yi usiz tortsamda jabr,
MENGA BEVAFOYIM BAXTLI BO'LSA BAS,
Labidan tabssum ketkazmang gullar,
Yurganda nurafshon bo'lingiz yo'llar,
Hech ham ayrilmasin sevishgan dillar,
MENGA BEVAFOYIM BAXTLI BO'LSA BAS......!