Shariyat nafsiga malollar,
Avratni ziynatlab halollar,
Qaydan bu Allohim balolar,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Zohiri riyoni ko'zlaydi,
O'zicha Islomdan so'zlaydi,
Erkakning hirsini qo'zg'aydi,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Botini sof emas yarodir,
Betini har turga solodir,
Erining yuzi ham qorodir,
Hijobli hijobsiz ayollar.
La'yinning sherigi shularmi,
Shariyat ustidan kularmi,
Qur'ondan bir sura bilarmi,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Suratga olishdan tolmaydi,
O'zidan sira ham qonmaydi,
Yuzini bejashdan qolmaydi,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Hijobni kiyadi ham arang,
Ko'rsatib borini ho'p tarang,
Hayosi yo'qligin bir qarang,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Nafsining ko'yiga yo'rg'alar,
Haromu harijga bulg'anar,
Iblisning kuyiga cho'lg'anar,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Ziynatni mahramga qilinglar,
Ko'chada beziynat yuringlar,
Allohning hukmida turinglar,
Hijobli hijobsiz ayollar.
So'zimni olmangiz siz malol,
Bo'lingiz pokiza, sof, halol,
Shariyat hizmatida faol,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Robbimiz rizosin izlanglar,
Hijobni sira ham buzmanglar,
Astoydil Firdavsni ko'zlanglar,
Hijobli hijobsiz ayollar.
Shoislom Shoahmedov.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев