Marhumlar ortidan qilinadigan amallar xususida savollarim bor edi:
1) Yurtimizda marhumlar orqasidan ularni yo'xlab qilinadigan ko'pgina marosimlar yo'lga qo'yilgan. Jumladan uch, ma'raka (7, 9 yoki 11-kunlaridan birida ayollar uchun qilinadi), yigirma, qirq, yil, qa'da ma'raka (marhumning uning xonadonida istiqomat qilmaydigan yaqinlari unga atab o'tkazadigan marosim), vahokazo.Bunda har bir yurt va shahar ahlining o'zlariga yarasha urf-odatlari bor. SHariatimizda bu marosimlarni qilmoqlik hukmi qanday, qilmaslik hukmi (8 tur amal asosida) qanday?
- Буларнинг бирортаси хам шариатда йўк.
---------------------
2) Uhsbu va shu kabi amallarni savob umidida qilsa qandoq, "urf-odatimiz-da" deb qilsa qandoq, "qilmasa bo'lmaydi" deb majburlanib qilsa qandoq?
- Хаммаси хам жоиз эмас.
---------------------
3) Ba'zi bir shaharlarda (masalan, Andijonda) ana shundoq urfga kirgan marosimlarda maxsus kayfiyatlar ham mavjud. Misol ushun, qirq va yil marosimlarda atala, o'rik sharbati, shiringuruch, ba'zi ayollar orasida shirinlik tarqatish kabi narsalar bor, bularning hukmi qandoq: urf deb qilsa qandoq, qilmasa bo'lmaydi degan e'tiqodda qilsa qandoq, ularni tark qilsa qandoq?
- Уларни тарк килиш лозим. Чунки шариатда йўк нарса бидъат бўлади ва бидъатни тарк килиш лозимдир. Мусулмон инсоннинг вазифаси шариатнинг кўрсатмасини бажаришдир. Одамларнинг гапига ва килганига кўр-кўрона эргашиш эмас.
---------------------
4) Ma'lumotlarga qaraganda qirq va yil marosimlariga nasroniylarda (masalan, Rosiya va Qirg'izistonda) qattiq amal qilinar ekan, unda albatta o'rik sharbati (atala va bohqasini aniq bilmadik) tayyorlanar ekan. U holda musulmonlarning bunga munosabatlari qanday bo'lmog'i lozim?
- Мусулмонлар бошка диндагиларга ўхшамасликлари лозим. Пайгамбаримиз, ким бир кавмга ўхшаш иш килса, у ўшалардандир, деганлар.
---------------------
5) Ba'zi bir musulmonlar tomonidan bunga o'xshash ishlarni qilmaslik targ'ib qilinganida, "buni falon otalarimiz qilgan, piston kishilar ham qilgan. Sen bilganni ular bilmasmidi? Ular qildimi qilaverish kerak" degan raddiyyalar berilishini eshitib qolamiz. Kishi bu o'rinda qanday ish ko'rmog'i lozim?
- Бу каби гаплар жахолатдир. Шариатнинг кўрсатмаси турганда унга карши иш килиш мусулмон инсонга мутлако жоиз эмас.
Manba; savollar.islom.uz Савол-жавоблар архиви » ИБОДАТЛАР » Турли масалалар » Shayx hazratlariga savol
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1