Men bir farzand ko'rmaydigan ayolga uylanganman, ayolimni orqa tarafiga yaqinlik qilib qo'ydim, (eshitishimcha) men bu bilan kofir bo'lamanmi? Endi men bu gunohdan o'zimni qanday poklayman men uchun Islomda biror had (jazo) yoki kafforat bormi? Endi nadomat qilyapman, hayronman va bu ishmdan afsusdaman, nima qilay? Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob;
Alhamdulillah vassolatu vassalamu ala rosulillah,
Orqa o'ringa yaqinlik qilishlik haromdir va katta gunoh ishdir.
Abu hurayra roziyallohu anhudan Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar; [Ayolini orqa o'rniga keluvchi la'natlangandir] Abu dovud rivoyati.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar; [Kimki folbinga kelsa va u aytayotgan narsasini tasdiqlasa, yoki ayolini hayz holatida kelsa, yoki ayolini orqa o'rniga kelsa Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan narsadan pok bo'libdi.] Abu dovud rivoyati Alboniy sahihlagan.
Lekin bu ishni halol sanamagan holatda ya'ni bu ishni harom ekanini tan olib qilgan odam kofir bo'ladi degani emas. Munaviy bu hadisni sharhida aytadi: Hadisda "Muhammad sollallohu alayhi va sallamga nozil qilingan narsadan pok bo'libdi. ya'ni kofir bo'libdi" so'zidan qasd qilingan narsa kimiki shu ishlarni qilish mumkin deb bu ishlarni halol sanab qilsa kofir bo'ladi (chunki u Alloh va rosuli harom degan narsani halol qilgan bo'ladi) lekin bu hadisda zikr qilingan narsalarni harom sanab qilgan kimsa dindan chiqadigan kofir bo'lmaydi.
Bu ish bilan ayoliz sizga harom bo'lib qolmaydi va bunda hech qanday had ham kafforat ham yo'q. Sizga bu ishdan Allohga tavba qilishingiz vojib bo'ladi. Haqiqiy tavba gunohdan sug'urilib chiqishlik va un gunohga tushganligiga nadomat qilishlik va bu gunojga qaytmaslikka qat'iy qasd bilan bo'ladi va yana solih amallarni ko'paytirishlik bilan bo'ladi. Bilingki bandaning gunohlari qancha katta b'lsa ham qanchalik ko'p bo'lsa ham haqiqiy tavba qilsa Alloh tavbasini qabul qiladi.
Alloh ta'alo aytadi: {Ayting ey o'z nafslariga isrof qilgan bandalarim Allohning rahmatidan noumid bo'lmang albatta Alloh barcha gunohlarni kechiradi albatta u mag'firatli, rahmli zotdir.} (Zumar 53)
Aksincha Alloh ta'alo tavba qilguvchilarni yaxshi ko'radi va ularning tavbalari bilan hursand bo'ladi va yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirib beradi,
va haqiqiy rostgo'ylik bilan qilingan tavba undan oldin qilingan gunohlarni o'chiradi.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytilarki: "Gunohdan tavba qiluvchi gunohi yo'q (gunoh qilmagan) kimsa kabidir." Ibn mojja rivoyati Alboniy hasan hadis degan. fatwa.islamweb.net fatvolaridan tarjima qilindi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев