Sözlarimdan sevishim oshkor
Ammo nega anglamaysiz yor?
Aytolmaysiz sevaman deya,
Naxot mendan kutasiz izhor?!
Ko'nglimizni kuyduradi rashk,
Xar laxzada sog'inar yurak.
Sizsiz xayot xayot bo'lmaydi,
Men sizga yor, siz menga kerak...
Sal narsaga qilamiz araz,
Deymiz: "endi unutaman,bas!"
Jonim, axir bizning sevgiga
Visol kerak, ayriliq emas !!!
Sog'inaman, aytmaslik og'ir,
Sog'inasiz indamas mag'rur.
O'rtamizda umid, baxt sarson
So'zlamoqqa qo'ymaydi g'urur...
Buncha izhor jur'ati yiroq,
O'zimiz dard, o'zimiz firoq.
Siz bilmaysiz, sevgim tinglagan
Suratingiz sizdan baxtliroq...
Ismingizla boshlanadi kun,
Sizni o'ylab qarshilayman tun.
Kecha siz deb, bugun siz deya
Ertaga ham yashay siz uchun!
Sevaman deng bir bora jonim,
Sizga bo'lsin butun jaxonim.
Jondan ortiq sevaman deng yor,
Toki tanda oqarkan qonim...
Ne topamiz sevgidan tona,
Axir yurak bitta, yagona!
Qo'rqmaysizmi, qanday chidaysiz
Qo'lim tutib ketsa begona?!
Kutayapman sizni intizor,
Sevgi aybmi? So'zlamoqlik or?
Aytolmaysiz sevaman deya,
Naxot mendan kutasiz izhor?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1