Bahor taftin sezolmadim sendan keyin.
Tog'ga bordim bog'ga bordim gul axtarib,
Sening kabi gul topmadim sendan keyin.
Ishonmasdim sevgi buyuk tuyg'u ekan,
Tasir qildi yuragimga sendan keyin.
Yuragimda yashar faqat bitta nola,
O'zgasini suyarmikin sendan keyin.
Sen ketdingu qancha baxtli kunlar bo'ldi,
Lekin baxtlar tatimadi sendan keyin.
Vujudimni qinab ado qilgan dardim,
Oshsa oshdi arimadi sendan keyin.
O'zgarardi kundan kunga qaddi qomad,
Ichki dunyo o'zgarmadi sendan keyin.
O'zgarardi biz uchrashgan baland bino,
Ko'ngil uyim o'zgarmadi sendan keyin.
Yomg'ir yog'ib yuvib ketdi qancha izlar,
O'chib ketdi biz tushirgan sevgi so'zlar,
Sog'intirar o'shal damlar shirin onlar,
Xotiralar o'chib ketmas sendan keyin.
Taqdir ekan baxt nemati mendan yiroq,
Senku baxtli bo'lib ketding mendan keyin.
Majnun emas Farxod emas oddiy oshiq,
AZIZ shoir bo'lib ketdi sendan keyin.
AZIZ YOQUB
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7