So‘nggi lahzada ham tavba qilgaydir.
Dunyoning bor-butin musulmon banda
Sening toatingga haqir bilgaydir. Odamlar o‘tdilar isyonkorona,
Farosat sarhadin toptab va yanchib.
Iymonning tubida hayxot pinxona
Bir nur toatingga chiqdi-ku sapchib. Shirklar ummoniga g‘arq bu zamonda
Muqaddam qo‘yildi Sening bir So‘zing.
Fir’avnlar yashab o‘tgan makonda
Bizni toatingga bog‘lading O’zing. Taqdiring xayrli bo‘ldi bizlarga,
Jonni sadqa qilmoq soati keldi.
Aqli bor insonlar har qanday paytda
Sening kalomingni oliy deb bildi. Mayxonadan chiqar bemor qabila
Chayqala-chayqala to‘kilar hayot...
Sajdada jon bermoq orzusi ila
Joynamoz yozmoqda yoshi ulug‘ zot. Mast-u, alast dunyo, mehri boylangan
Zormanda xilqatning ichida tetik
Gullarning hididan boshi aylangan
Bolakay yo‘lingga tushganin ko‘rdik. Hayo ko‘chasidan uchganda parda
Erlar halovati, ori yo‘qolgan.
Avratlar ochilgan telba diyorda
Ayolning xurligi hijobda qolgan! Ma’siyat, gunohlar shu qadar zo‘rki
Alar bilan ko‘ksim o‘yiblar tildim.
Jonim chiqar chog‘da behad shukrki,
Tavba eshigingga emaklab keldim. Allohim, O’zingga qilgum munojot
Yig‘lablar boshimni qo‘yib sajdaga.
Men kimki, butun bir samo - koinot
Zor-u muhtoj yotar Sening mujdangga?!
Allohim, Rahmonim, ey Mehribonim,
Tavakkul sengadir, qo‘lingda jonim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1