«Oskar» uchun kurashadigan o‘zbek filmi e'lon qilindi
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi navbatdagi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film» yo‘nalishiga O‘zbekistondan ilgari suriladigan filmni e'lon qildi.
«Oskar» mukofoti uchun Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi kurashadi.
90-«Oskar» taqdimoti 2020 yil 9 fevralda Los-Anjyelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi.
“Issiq non” filmi XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi. Filmda suratga tushgan Feruza Saidova festivalning eng yaxshi ayol aktrisasi sovriniga munosib topilgandi.
“Issiq non” filmi hayotda bo‘lgan voqealarga asoslangan. Unda ota-onasi tirik bo‘la turib maktab-internatga tushib qolgan qizcha haqida hikoya qilinadi. Ushbu voqea rejissyor ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan, uning qahramonlari bilan rejissyor shaxsan uchrashgan. Filmdagi bosh qahramon – turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketib qaytib kelmagan yosh ayol – rejissyorning qarindoshi bo‘lib, uning rolini Feruza Saidova ijro etgan.
Ayolning eri Rossiyada boshqa ayolga uylangan. U erining ortga qaytmasligini biladi, u endi faqat bolalari uchun yashaydi. Ayol dorivor o‘tlar yig‘ib sotadi, har kuni non yopib do‘konga topshiradi.
O‘zbek kino ijodkorlari orasida Umid Hamdamov birinchilardan bo‘lib ushbu dolzarb muammoni ko‘tarib chiqdi. Shu vaqtga qadar chet ellarga ishlash uchun chiqib ketayotgan erkaklar tufayli oilalar buzilayotgani haqida hech kim gapirmagan.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Нет комментариев