U 2013/2014 mavsumda musobaqada 17 gol urib, rekord o'rnatgan edi. Endilikda CriRo bu rekordni yangilashga urinib ko'radi. Vaholangki, bu safar uning oldidagi vazifani uddalash osonroq kechadi, chunki hali guruh bosqichidayoq 11 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga ulgurdi.
Barcha musobaqalar doirasida Ronaldo o'rtacha deyarli bittadan to'p kiritmoqda, Chempionlar ligasida esa bu ko'rsatkich ancha baland - 1,8 gol. Portugaliyalik Zidane qo'l ostida yana o'z o'yini topib bormoqda, bu o'yinlaridan sezilib turibdi. Biroq "Roma"ga qarshi bahsda italiyaliklar darvozasini ishg'ol etish, boz ustiga safar uchrashuvida oson kechmaydi. Ko'ramiz, vaziyat qanday kechar ekan.
Siz nima deb o'ylaysiz, Ronaldo o'z rekordini yangilay oladimi?
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев