Xabi Alonsoning "Real"dan "Bayern"ga o'tishida uning transfer qiymati ma'lum qilinmagan edi.
Football Leaks esa bu yashirin axborotni oshkor etdi. Ushbu manba transfer sirlarini fosh etishda davom etmoqda.
Manbada keltirilishicha, myunxenliklar Alonsoning transferini 9 mln yevroga kelishgan. Avvaliga nemis klubi 7,5 mln to'lagan, yana 1,5 mln birinchi mavsumda Xabining 30 uchrashuvda ishtirok etishi sharti bajarilgandan so'ng to'langan. Futbolchi esa 38 o'yinda maydonda tushgan.
Bundan tashqari "Real" mutasaddidlar myunxenliklar oldiga yana bir shart qo'ygan. Unga ko'ra yarim himoyachi 2017-yilda uyushtiriladigan o'rtoqlik o'yinida qatnashishi lozim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев