"Real" jamoasi o'yinini muhim bo'lagi Marcelo "Roma"ga qarshi bahsda maydonga tushishni istamoqda. Braziliyalik bu o'yin madridliklar uchun oson kechmasligi biladi. Shunday bo'lsa hamki, jamoasiga yordam berish uchun yelkasidagi og'riqni ham unutishga tayyor.
12-raqamli futbolchining maydonda tushib, jarohatini yana og'irlashtirib qo'yishga murabbiylar shtabi qarshi chiqishi tabiiy. Shu boisdan Marcelo imkon qadar yaxshi formaga kirib olish uchun qattiq ishlamoqda. Marcelo "Granada"ga qarshi o'yinda yelkasini chiqarib olgan edi. Shifokorlar tiklanish muddati 3 haftani tashkil etishini aytishdi. Hozir himoyachi yelkasidagi himoya bandashini oldirib tashlagan.
Kechagi o'yinda qanotlardagi o'yinlardan so'ng Zidane Marceloga imkon berishi ham mumkin. Chunki Carvajal bilbaoliklar bilan o'yinda chap qanotda o'zini yaxshi his etmadi. Shu boisdan bu nuqtaning egasi 17-fevral kuni huddi Ramos ilgari foydalanganidek, og'riq qoldiruvchi ukol olib uchrashuvda qatnashishi mumkin. Sergio shunday jarohatdan qutulish uchun 19 kun sarflagan edi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев