Rasululloh sallallohu alayhi va sallam deganlar: “Ahli jannat jannatga kiradi, ahli do‘zax do‘zaxga kiradi, keyin Alloh taolo maloikalriga: “Qalbida zarracha iymoni bor odamni do‘zaxdan chiqaring!”, -deb aytadi. Ular shundan so‘ng, kuyib, qorayib ketgan holda do‘zaxdan chiqadilar, hayot daryosida cho‘miladilar, yomg‘irdan keyin giyohlar ungandek badankari ko‘rkam bo‘ladi”.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Tushimda ko‘rsam, odamlarning ko‘ylaklari etagi ko‘kraklari barobarida, ba’zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor, uning ko‘ylagi uzun, hatto yerda sudralib yuribdir”. Sahobalar so‘radilar: “Nimaga yo‘ydingiz?”. “Dinga yo‘ydim”, -dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев