Esdan chiqdi eshitish
Pul ketidan quvladik
Qilmadik bir yaxshilik
Yaxshi ko'rishni bilmadik
Bildik xasad qilishni
Shirin jonni saqladigu
"Yashash"ni eplolmadik!
Rejalarimiz bisyor
Amal qilganimiz yo'q
Kutish kerak bo'lgan joyda
Qildik ko'p besabrlik
Qo'shnimizning qorni ochu
Bizningchi? Qornimiz to'q
Jonimizga "yil" qo'shildi
Yillarga "jon" bermadik!
"Sevaman" deb ko'p ayttik
Lekin his qilolmadik
Hayot bir jumboq edi
Biz uni yecholmadik
Raqamlarga o'ynadik
Toza sifat qolmadi
99 centimiz
1 dollar bo'lolmadi!
Eng katta dushmanimiz
Faqat o'zimiz bo'ldik
Eng yaqin do'stimizni
Arzon narxga sotvordik
Kecha o'tkan kunimizni
Armon bilan eslasak
Ertangi kunimiz uchun
Tayyor emasmiz demak!
Nega bizning odamlarimiz shunday?
O'zgarmaydi nahotki xatto jinday?
Yiqilib ko'tarilgan
Insonni tan olmadik
O'zimiz ham yiqildik
Ko'tarila olmadik
Umidlar yo'qolganda
Do'stimiz qo'lin cho'zdi
Uning bizga ishi tushsa
Baxonalar tug'ildi
Xato ko'payaverdi
Aybni shaytonga to'nkab
Xatto shayton ham ketti
Yoqalarini tishlab!
Orzular ko'paydi lekin
Aniq maqsadimiz yo'q
Maqsadimiz bo'lsa ham
Haqiqatlardan yiroq!
Bu hayot - imkoniyat
Undan to'g'ri foydalan
Hayotimiz go'zallik
Zavqlan va rohatlan
Bu hayot - bir orzu
Uni ro'yobga chiqar
Hali hayotmiz do'stim
Har daqiqa g'animat!
Bu hayot - salomatlik
Ehtiyot qil, avayla
Hayotimiz bir o'yin
Faqat g'irrom o'ynama
Bu hayot - muhabbat
Unga nima berolding?
Hali hayotmiz, do'stim
Jamla diqqat hayoling!
Nega bizning odamlarimiz shunday?
O'zgarmaydi nahotki xatto jinday?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев