berdi.
Yo`q mani aldayabdi ``Eh ota
onalar, shunchalik
toshbag`irmisiz?`` deb yubordi
ichida. So`ngra atrfga qaradi,
eskirib ketgan uylar ``qaysi ota-
ona bolasini majruh bo`lishini
istardi, faqat yetishmovchilik
sababdur, qizni ko`rish ilinjida
kelaveribmanu oylaviy ahvoliga
etibor bermabman!`` orada o`zini
ham koyib ketdi. So`ng asta
o`rnidan turdi:
- Hudo hohlasa tuzalib ketasiz,
man ertaga yaxshi Nevraherurg
olib kelaman! -dedi.
- Do`ktir olib kelasizmi?
- Ha, ertaga albatta olib kelaman.
Ko`rushkuncha Shirin! -Farxod asta
darvoza tarafga yurdi.
- Ko`rishkunch... Farxod aka! -Shirin
ham eshitar-eshitilmas shivirlab
qo`ydi...
Farxod ketgach, anchadan buyon
uy ichida kuzatib turgan Shirinni
onasi chiqdi. Asta qizini boshini
silab:
- Qizim bu yigit kim, sanga nimalar
dedi?
- Bilmadim oyijon, ertaga do`ktir
olib kelaman dedi?
- Nega olib keladi, kim o`zi?
- Hayronman oyijon, ismi Farxod
ekan menga shunisi ayon!
- Farxod... -onasi ensasi qotdi.
- Ha... Farxod hujjatida shunday
yozilgan...
Ona bola, uzoq termulib qolishdi
Farxod ketgan eshikka qarab,
ikkalalarini ham hayollarida turli
savollar.
"Nega?"
"Nim uchun?"
"Kim u?"
Balkiy pok niyatdadur!
Farxod o`sha kuniyoq, ishga
kirishdi. Jarroh bo`lib ishlaydigan,
opasini o`rtaga qo`yib. Shirinni
kasaliga davo topa olaishi,
mumkun bo`lgan har bir
Nevraherurgga bordi. Lavzi harom
bo`lmasligi uchun, yalindi-
yolvordi. Nihoyat boshqa
viloyatdan topdi...
Ertasi kuni, Shirin do`ktir kelishiga
ishonib, kun bo`yi ko`cha eshikka
termulib o`tirdi. Farxod kelmadi,
balki manga rahmi kelib shunchaki
aytgandur. Kun ham qoraydi
kelmadi, aldamasa ham bo`lardi,
biroz dili og`ridi...
Shirinni onasi ko`tarib arang
joyiga olib kirgan edi. Onasiga
rahmi keldimi, yo o`kinib kettimi
yig`lab yubordi.
- Balki vaqti bo`lmagandur qizim? -
qizini ko`nglini juda yaxshi
tushungani uchun, qizi nima uchun
yig`lab yuborganini sezgandi.
- Yo`q oyijon unga
yig`lamyabman! -Shirin onasidan
yashira olarmidi...
Shu payt ikkalalari ham jim bo`lib
qoldilar.
- Oyijon darvoza taraqlayabdi? -
dedi.
Onasi derazadan qarab suyunib
ketdi:
- Qizim do`ktir bilan kelyabdi! -
dedida ularni boshlab kelish
maqsadida hovliga chiqib ketdi.
Shirin tezda ko`zidagi yoshlarni
sidirib, o`zini tartibga solib oldi.
- Salom Shirin! -Farxod tabassum
bilan xonaga kirib keldi.
- Assalom a`laykum Farxod aka! -
dedi. Farxod birinchi bor Shirinni
bundayin ochiq yuz bilan
jilmayishini ko`rdi.
Ammo xonaga kirib kelgan, oppoq
xalatli kishi Shirinda qo`rquv
xissini uyg`otti...
Do`ktir Shirinni tekshirdi.
- Do`ktir nima deysiz?
- Uka vaxliroq, ko`rsatmabsilarda
qizni qiynabsiz? -dedi do`ktr,
Farxodga qarab. Onasi biroz hijolat
bo`lib:
- Do`ktirlar, kech bo`ldi degan!
- Tibbiyot kundan kunga
rivojlanmoqda, bekorga
aytilmaydi tez tez kelib turing deb,
sizlar to`xtab qolgansiz! -do`ktir
ham chindilgan kuyinib gapirardi.
- Do`ktir endi nima qilaylik? -
Farxod ortiqcha gap so`zlarga
nuqta qo`ydi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1