<< 1 2 3 4 5 6 ... 12 >>
kattakon kitobni? -dedi. Qiz yo`q
ishorasi bilan bosh qimirlatdi.
- Adashmasan bu kitobda 5 ta
doston yozilgan?
- Ha!
- Siz qay birini o`qib tugatdiz?
- Layli Majunu, Toxir va Zuhroni
o`qib tugatdim!
- Juda tasirchan, ekansiz! Boya
kirganimda yig`lab o`tirgandiz.
Sizni qay bir qahramon taqdiri
bunchalik yig`latti?
Qiz, asta jilmaydi, ammo sal
uyalganidan yuzi qizardi.
- Farxod va Shirin!
- Farxod va Shirin? -o`zini ismini bu
qizni lablaridan eshitgani uchun
yuzida tabassum paydo bo`ldi. -
Farxod yaxshimikan yo yomon? -
dedi.
- Yaxshi ammo!
- Ammo? -deb qizni so`zini
takrorladi.
Qiz asta yelka qisti:
- Hali ohiriga bormadim, bu ilohiy
muhabbat tarixini? -qiz juda ajoyib
tarif berdi.
- Ohirga borganizda so`zlab
berarsiz?
- Ohiri, malum-ku, fojiya bilan
tugaydi! -qiz hursunib qo`ydi.
- Deyarli tanish bo`lib qoldik, lekin
ismizni bilmayman? -dedi.
- Siznikichi? -dedi qiz.
- Avval siz aytaqoling? -dedi
Farxod.
Qiz qo`lidagi, kitobga biroz
termuldi so`ng:
- Ismim Shirin! -dedi.
- Tasodufni qarang, maniki Farxod!
-avvaliga ikkisi ham buni hazilga
olib, biroz muddat jilmayib
turishdi.
- Mening ismim chindan ham
Shirin! -dedi qiz.
- Meniki ham, rostdan Farxod! -
dedi.
Endi qizni qiyofasi jiddiy tus oldi,
bu oshirib yuborilgan xazilday
qabul qilgandi. Farxod buni darxol
sezdi. Orqa cho`ntagidan
Pasportini oldi:
- Mazah qildi deb o`yladiz-aaa? -
qizga Pasportini ochib shaxsi
yozilgan yerini ko`rsatdi.
- Abdullayev Farxodjon! -qiz
pichirlagancha ism-familyani o`qir
ekan. Botinib Farxodni yuziga
qarab qo`ydi. So`ng uyalib
ketdimi, yuzi qizardi. Pasportni
qaytib berar ekan, Farxodni
barmoqliri Shirinni barmog`lariga
tegdi. Shirin beyhos pastga
tushurib yubordi. Aravachasini
biroz orqaga olgan edi, oyog`idagi
bir poy shippagi yechilib ketdi.
Farxod tezda Pasportini yerdan
olar ekan. Asta qizni bir poy
shippagini qo`liga oldi. Deyarli bir
tizzasini yerga qo`ygancha
engashdi. Qizni jonsiz oyoqlarida
asta ushlab shippagini kiyg`azdi.
Qiz bu kutilmagan iltifotdan
hayajonga tushib, atrfga
alanglardi.
- Oyog`iz qimirladi? -Farxod birdan
bir parda yuqori ohangda
gapirvordi.
Qiz asta bir tutam, zulfini eshib
qulog`i orqasiga qistirib qo`yar
ekan:
- Sal qimirlaydi! -dedi mahzum
ohangda.
- Kechirasiz Shirin, bir narsa
so`rasam ko`nglingizga
olmaysizmi? -dedi, yana qizni
noziklashib ketgan oyog`chasidan
ohista ushlab.
- So`rang!
- Avvaldan... Yo keyin bo`lganmisiz!
-Farxod endi bir qo`li bilan ikkinch
oyog`idan ham ushladi.
Qiz o`zini ojiz ko`rsatmaslik uchun,
o`zini majburlab asta jilmaydi.
- 8-Sinfda o`qiyotgan edim,
umurtqamda disk churrasi paydo
bo`lgandi. Davolandim, ammo
bora-bora shunday bo`lib qoldim!
-dedi.
- Shirin hozir necha yoshdasiz?
- 16... -dedi qiz.
``Ey hudo, namuncha yosh?
Bechora qizga o`zing sifo ber``
Farxod bir lahza, achinish hissi
bilan hudoga nola qildi.
- Do`ktirga uchrab turibsizmi? -
dedi.
Shirin biroz sukunatdan keyin:
- Ha... -deb javob
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев