Предыдущая публикация
Na go'zallik, na-da omad,
Na-da ko'ngil, na muhabbat,
Yuragimga sig'mas dunyo,
Gunohlarim daryo, daryo...
Hayotdagi izim qani,
Yuzim qani, so'zim qani,
Tuproqdagi to'zim qani,
Begonaman senga hatto,
Har qadamda mingta xato.
Bevafodan baxtim izlab,
O'zim senlab, uni sizlab,
Muhabbatdan bekor so'zlab,
Yuzim bo'ldi qaro,qaro,
Yurakkinam yaro,yaro.
Kimga kerak mani jonim,
Barmog'imdan oqqan qonim,
Insonman, pokdir vijdonim,
O'zing asra Ollo, Ollo,
Har nafasim ming bir tillo...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1