Jinsiy yaqinlik tabiat in’om etgan hodisa bo‘lib, tibbiy tilda koitus deyiladi. Jinsiy yaqinlikda jinsiy a’zolardan tabiiy foydalaniladi. Bu jinsiy yaqinlik vaqti sevgi bilan haqiqiy shug‘ullanish bo‘lib, farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo‘ladi. Jinsiy yaqinlikning ko‘ngilli o‘tishi, undan ayol va erkaqning lazzatlanishi uchun ikkala tomon ham uning barcha san’ati bilan tanish bo‘lishlari lozim. Jinsiy yaqinlik ayol va erkak o‘rtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlaydi, oila totuvligini, turmush halovatini hamda uning mazmunini ta’minlaydi. Jinsiy lazzatlanishning yo‘qligi, uning madaniyati, san’ati bilan notanishlik ko‘pchilik yoshlarning ajralib ketishiga sabab bo‘ladi. Talabalik davrimda tug‘ruqxonadagi amaliy mashg‘ulot o‘tish vaqtida yosh juvon va o‘rta yoshdagi tajribali xotin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat hali-hali yodimdan chiqmaydi. Bu suhbat qulog‘imga chalinishi bilan o‘zimii panaga olib, uni oxirigacha eshitishga muyassar bo‘ldim. Tajribali xotin yosh juvonga savol berdi: «Hay, eringiz bilan qo‘shilganda nimani sezasiz? Mazza qilasizmi? Keyin sizda qo‘shilishga tez-tez ehtiyoj bo‘ladimi?» Yosh juvon uyalib va bir oz qizarib: «Qaydam, men bu narsalariing mazmuniga yetganimcha yo‘q, ko‘pincha bu narsadai qo‘rqaman ham, hech nimani sezmayman, u kishim tez uxlab qoladilar», - deb javob berdi. Tajribali xotin bu javobdan ajablanib, yosh juvonga butun jinsiy yaqinlik lazzatlarini tushuntirib ketdi va so‘zini: «Dunyoda bundan ortiq rohatbaxsh lazzat bo‘lmasa kerak», - deya tamomladi. Albatta, yosh juvon tug‘ruqxonadan chiqqanidan keyin eridan o‘sha «lazzat»ni kutadi. Iffati kuchli ayollar: «Turmush shu ekan», - deb o‘tib ketishlari ham mumkin, lekin ilm-texnika rivojlangan zamonamiz ayollari shunday o‘tib ketarmikanlar? Hozirgi vaqtda yoshlar o‘rtasida qo‘ydi-chiqdining ko‘pligi, zino va boshqa illatlarning yuzaga kelayotganiga nima deysiz? Demak, bu kabi ko‘ngilsizliklar kelib chiqmasligi uchun har bir erkak va ayol jinsiy yaqinlik san’ati haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 14
ж/б берсангиз ж/б учун олдиндан рахмат. Савол: жинсий
алока пайтида маний жуда тез келиши нимадан
касаликми.