- Hali endigina 6 yoshda edim öshanda, singlim 4-yoshda, ukam esa, 1-yoshda edi atiga, dadam uyimizga har kun ichib kelar edilar, kelganlaridan keyin onam urar, sökardilar, dadam uyga kelganlarida, meni va ukalarimni, sandiqdan,yoki shkafti ichidan topardingiz, köp narsalarga aqlim yetmasa ham, dadamning bu ishlari yomon ish ekanligini bilardim, onam har kun yiğlab-yiğlab bizni uxlatar edilar, juda qiyin ahvolda yashardik, dadamning bizlar bilan ishlari ham bölmasdi, biz ochmizmi, töqbizmi hayollariga ham kelmas, uyerdan buyerdan topgan pullarini ichar edilar, oqshom uyga kelganlarida esa onamdan yana pul sörardilar, onamda pul yöğ bölsa yana urardilar,oqshomlari uygaham kelmasdilar bazida, shu tariaqa kunlarimiz ötar edi.......
- Bir kuni ertalab tong otayotgan ekan uyquda edik hammamiz, dadam u kuni kelmagan ekanlar uyga, birdan darvoza taqqiladi, bir odam chaqiribdi begona odamning dovushu bölgani uchun, onam meni uyğottilar, begona kishini oldiga ayol boshimga chiqmay deb yonariga oldilar, keyin darvozaga qaradik, mahallamizdan bir kishi ekan, yölda dadamni körib qolibdi, yöl ustiga yiqib yotgan ekan, borib qarang, eringizga dedilar,keyin biz onam bilan uyerga qarab kettik, biz borganimizda, uyerda odamlar töplangan ekan, onam yugurib dadamni oldilariga kettilar, men orqalaridan chopdim, onamga nima böldi degandim, dadangdan ajralib qoldik deb, meni bağrilari bosib yiğladilar, ukamlar uxlayotgan edi, uyerdagi odamlar dadamni olib uyimizga olib kelishdi, ne bölganiga aqlim yetayotgandi, dadamni qaytib körolmasligimni bilgandim, ösha kuni dadamni janozalarini chiqardik, oqshom böldi, hamma uuyiga ketdi uyda, onam va ukalarim qoldik, ukalarrim uxlab qoldi, men onamdan bizni hechkimiz yöğmi, bizga hechkim qaramaydimi deb söradim, aytishlaricha dadam onamni dadalari bermagani uchun olib qochgan ekanlar, keyin bu qishloqqa yashab qolgan ekanmiz, onamni ham dadamni ham, dadalari "oq padar" qilishgan ekan, bunlarni katta bölganimdan keyin tushungandim....
- Dadamga kelsak ösha kuni köp ichgan ekanlar, va ölishlarining sababi ham ichkilig ekan, bola edim köp narsaga aqlim yetmas edi, dadam öldilar endi onamni hechkim urmaydi,deb öylardim, lekin dadasiz qolish nima ekanligi, yaxshimi, yomonmi uyda dada bölishi kerakligini ham keyin tushunib yetdim........
- Bizning uyimizga maktab yaqin edi, onam kunduzlari uyerga,perashka pishirib chiqarib, maktab öquvchilariaga sotardilar, keyin qöni- qömshinikiga uy ishlariga yordam berardilar, shu tariqa bizlarni boqdilar, bizning holimizdan habar oladigon yaqinimiz ham bölmagani uchun onam köp qiynalar edilar, hech pul topolmadikarrida uyda hech narsa qolmasa, bizlar biror yerdan non topib kelar edilar, bizlarga berardilar, özlari esa bizdan qolsa non yerdila, agar qolmasa, mani qornim töq qözim sizlar yenglar derdilar,ustimizga kiyishga yangi narsa olish bizga tush körish kabi edi, qöshnilarimizning bolalarinig eski kiyimlarini berishar, onam esa uni tikib-chatib berar edilar, biz unlarni kiyib katta bölgandik.....
Shu tariqa oradan 4-yil ötti, yetim yuzi hech kuladimi, yöq bilmaydi,qanday kulsinki buni faqat böshidan ötqazgan bilar ekan, köpchilik aytardi, bularni ahvolini tushunaman deb, lekin keyin bildimki bizning ahvolimizni, onamdan boshqa hech kim tushunmas ekan, men 10 yoshga kirgan edim,singlim, maktabga oyoq qöya boshlagandi, men esa, yakshanba kuni bozorga chiqardim, hamma bolalar dadasi onasi bilan bozorga aylangani chiqishadiku, men esa non topish uchun, bechora onamga ozgina yordamim teksun deb chiqardi bozorga, suv sotar edim,odamlarga narsalariga yordam qilar edim, xullas qölimdan nima kelsa, 1 2 tanga bersalar yetardi, ukamga va singlimga non topilsun faqat der edim,oqshom uyga qornimiz töyib ovqat yesak bayram edi biz uchun,keyin esa sandalini yoniga erib uxlab qolardik.........
- Asta sekin vaqt ham ötib borardi, bir kuni bozorda suv sotayotgan edim kir oyoq kiyim sotib turgan amaki mendan suv oldi,va puliini berdi, keyin meni qayerdan ekanligimni, nimaga suv sotayotganligimni sörab qoldi, men ham bolganlarni aytib berdim, amaki aytdiki men kunduzlari namozga boraman, sen men namozga borgan vaqtimga dökonga qarab turasanmi, men senga suv sotib topadigon pulni ikki barobarini beraman öğlim dedi, Alloh qanchalar buyuk zot-a, bir möjiza edi bu narsa men uchun,keyin qölimga bir kunda suv sotib topadigon pulimni, 2 barobarini berdi, va ertaga meni oldimga ertalab kel deb aytdi men xop dedim, öshan birinchi marta yuzimga quvonch keldi, uyga bordim onamga bölgan voqeani aytdim,onam xursan böldilar ammo, meni kichkina gina yoshga buncha qiynalganim, onamni qiynayotganini bilar edim, peshonamdan öptilar, meni öğlim katta bölib qolibdi, meni va ukalarini boqadigon bölibdi deya, xörsina xörsina yiğladilar...... keyin men amakini yoniga ishlay boshladim,maktabni esa yiğishtirib qöygandim, man ertalab borib dökonni ochar, oyoq kiyimlarni taxlab chiqardim, amaki namozga ketganda men qarab turar edim, kunlar ötayotgan edi, Allohga nolamiz yetgandi, yetimlarning yuzi kulayotgan edi,oradan 6 yil ötti, men öqishga bormay qöydim, amaki dökonga kun ara keladigon böldi, menga öz farzandi kabi ishongan edi özlari ham qarrib qolgan edi, amakinin bir öğli bor ekan, chetelda öqir ekan, amaki esa shunchaki özini ovutush uchun bu ishlarni qilayotgan ekan..........
- Singlim 14ga kirgan, juda chiroyli qiz bölgandi, darslariham alo edi, bir kuni meni oldimga yugurib keldi, nima böldi nega yugurding deb söradim, onam, onam dedi boshqa narsa aytolmadi, yugura uyimizga keldim onamni mazzalari yuq, yotib qolibdilar, balinsa olib bordim, döxtorlar tekshirishdi, keyin mendan dadamni chaqirib kelishimni söradi, men dadam ölganliklarini menga aytishlarini söradim, keyin döktor onamni kasalliglari oğir ekanligini, ichi azolari hammasi kuchli shamollaganligini aytishdi, aytishlaricha köp yil oldin boshlangan ekan juda kech qolibmiz, onam ham bardoshli ayol ekanliglaridan, hech narsa aytmabdilaram, bildirmabdilar ham, kimga, qanday, nimani aytardilarhamki, onamni uyga olib keldik örnilaridan turmasliglarini aytdi döktor, ertasi kuni ishga kettim uyga kelsam onam, örnilaridan turib non pishiibdilar,onajon nimaga turdingiz, degandim.. Ayolning, 40ta joni bor bolam mendan xavotir olma, men yaxshiman dedilar, ammo onamning u non pishirishlari eng söngi marta edi, undan keyin onam non pishirmadilar, 1 haftadan keyin onam vafot ettilar.........joylari jannat bölsin yotgan yerlari nurga tölsun........................
- Hozirda 23 yoshdaman, singlim oilali böldi, ukam esa men bilan birga ishlayopti, Allohga hamd bölsun ishlarim yaxshi, lekin onam yöqlar endi........
- DADALARGA BİR SÖZİM BOR, degandim...
ertalab örningizdan turganingizda farzandingizni yuziga bir qarang nimani körasiz, juda chiroyli kulishini körasiz albatta, siz ichganingizda, yoki vafot etganingizda u yuzlar hech kulmaydi qaytib, balki man shansli bölgandurman lekin hamma bolalaram man kabi shansli bölmasigi mumkin...... Onamning közidan oqqan yoshlari, farzandim deb kuyib yonishlari haligacha köz oldimdan ketmaydi, men dadamni özim uchun kechirarman balki, lekin onam uchun kechirmayman, biz farzandlar dadalarini hamma nasixatlariga quloq solamizku..... Siz ham dada bölib öğlingizning bir nasihatiga quloq solinglar... İLTİMOS İCHMANGLAR...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1