.2.
+boshi o'tgan sonda
Belfastdagi Harlland and Wolt kemasozlik kompaniyasi
1912-yil 2-aprelda XX asr fan va texnikasining katta
yutug'I va mo'jizasi, deb atalgan juda ulkan "Titanik"
kemasini suvga tushiradi.Uning qurilishiga 17 mingdan
ko'proq ishchilar qatnashib, hozirgi narxda hisoblaganda
bir yarim milliard funt sterling mablag' sarflanadi.Tagi
qo'shqavatli,atrofi qalin po'lat quyulmalar bilan
himoyalangan, o'n oltita geometric suv o'tkazmaydigan
qurilmasi bo'lib, bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib
tashlash qobiliyatiga ega bo'lgan bu ulkan kemani hech
kim cho'kib ketadi, deb o' ylamasdi.Bu boroda uning
ixtirochisi Tomas Edryusning fikri bilan yuqorida
tanishdingiz.
Bu ulkan kemani Xudoning o'zi cho'ktirgani qo'ymaydi,-
deydi katta ishonch bilan safarga chiqish arafasida
jurnalistlarga qarata "Titanik"ning kapitani Edvard Jon
Smit.Uch restoran, ikkita oshxona, pivo bari, turk
hammomi, gimnastika zali,otda sayr qiladigan manej,
tennis va golf maydonlari, bog'i, konsert zali va alohida
telegrafi bo'lgan va 3300 kishiga mo'ljallangan "Titanik"
kemasi kichik roq shaharchaga o'xshardi.Shuning uchun
ham uning chiptalari arzon emasdi.Birinchi toifa
kayutasining chiptasi 25 ming funt sterling tursa,
kayutalyuksariniki 100-150 ming turardi.+davomi bor
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев