Hasan Basriy aytadilar:
«Bir kuni bozorga tushdim. Yukim og‘ir bo‘lgani sababli hammol yolladim. Bozordan to uyga yetgunimizga qadar uning tilidan ikki so‘z tushmadi:
- “Alhamdulillah”, “Astag‘firulloh”.
Qiziqib so‘radim:
- “Hoy sen! To‘tiqush kabi ikki so‘zni qaytaryapsan! Nima, bundan boshqa narsani bilmaysanmi?” U aytdi:
-“15 pora Qur’on yodlaganman. Qarasam kunimiz shu ikki holatdan tashqari bo‘lmas ekan! Mana shu ikki holat: Osmondan yerga ne’mat tushar ekan. Yerdan osmonga gunoh ko‘tarilar ekan. Tushganiga hamd, ko‘tarilganiga istig‘for aytaman”.
Shunda Hasan Basriy o‘zlariga-o‘zlari dedilar: «Subhanalloh, ey Hasan, U sendan ham bilimliroq ekan»...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев