O‘zbekiston Milliy arxivida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
📄Toshkent shahar Yangihayot tumani 332-sonli umumta’lim maktabi tarix to‘garagiga a’zo o‘quvchilar O‘zbekiston Milliy arxiviga tashrif buyurdilar. O'tmish tarixga qiziqqan yoshlar uchun “Ustoz shogird” an’analari asosida arxiv faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
📄Shuningdek, o‘quvchi yoshlar uchun arxiv bo’ylab qiziqarli ekskursiya uyushtirildi hamda arxivda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, saqlov xonalardagi hujjatlarni saqlash tartibi ta’mirlash jarayonlari hamda raqamlashtirish ishlari bilan tanishtirildi. Ekskursiya so‘ngida o‘quvchilar arxiv muzeyidagi noyob eksponatlar hamda tarixiy hujjatlar bilan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram ( https://t.me/uzarxivs )| Instagram ( https://www.instagram.com/uzarxiv/ )| Facebook ( https://www.facebook.com/uzarxiv )| OK ( https://ok.ru/group/61327207956574 ) | YouTube ( https://www.youtube.com/@ozarxivagentligi-7908 )
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев