Yurtimizga xush kelding
Ey oylarning sultoni
Bu yil ro'za tutganlarning
Juda ham ko'pdir soni
Imomiz Oqilxon ustoz
Buni barcha biladi
Namozdan so'ng albatta
Go'zal duo qiladi
Yurtimizga Farg'onadan
Kelishgandir qorilar
30 pora Qur'onni
O'qishib xatm qilar
Shodmonxon eshon bobo
Tarobeh tasbehin boshlar
Keyin davom etishar
Katttayu kichik yoshlar
Qur'onni eshitganda
Qalblar orom oladi
Savob hamyonlarimiz
Savob bn to'ladi
Ramazon savobga boy
Zakot fitr fidiya
Ro'zadorga xurmo bersang
O'sha ham bir hadiya
Ramazonning oxirida
Qadr kechasi bordir
Uni topib qilsak ibodat
Ming oydan ham afzaldir
Muborak oy hurmatidan
Shaytonlar kishanlar
Do'zax eshigi berkitilib
Jannat eshigi ochilar
Ro'zadorning mukofotin
Faqat Allohim berar
Gar Allohga taqvo qilsak
Albat Jannatga kirar
Bugun katta iftorlikda
Ko'pchilik qildi xizmat
Barcha tashkilotchilarga
Mingdan ming bo'lsin rahmat
30 pora Qur'onni bugun
Nasib xatm qilamiz
Bu savobga to'la oyni
Yana bir yil kutamiz
Tarobeh kechalarida
Juda ham ko'pdir hoji
Bobom siz taniysiz
Shoir Soadat Toji
Bu go'zal kechalarda
Ilhomim haddan ortiq
Qabul qiling hadyamni
Bu she'rim sizga tortiq
20.03.2025
15:05
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1