2018-yil,8-Dekabr Yaponiya Parlamenti chet ellik ishchilar uchun yangi viza turi haqidagi qonunni hukmron partiyaning ko’pchilik ovozini yig’ish bilan tasqdiqladi. Ushbu viza turi 2 xil ko’rinishda bo’lib shu paytgacha oddiy ishlar uchun tan olinmagan ish sohalari uchun viza taqdim qilinadigan bo’ldi. Avvaldan ma’lumki Yaponiyada ishchi kuchiga bo’lgan talab juda yuqori darajada va ishchi kuchi yetishmovchligi juda ko’p sohalarga o’z ta’sirini o’tkazib kelmoqda.
Yangi viza turidagi qonun 2019-yil Apreloyidan kuchga kiradi va 2 xil viza turi bo’yicha 14 ta sohaga nisbatan qo’llaniladi. 2 xil viza turi bir biridan farq qilib quyidagicha tavsiflanadi.
Viza turi (1号) : ma’lum miqdorda bilimga ega bo’lib, tajriba talab qiluvchi qobiliyatlilarga beriladi. Uzog’i bilan 5 yillik texnik ish o’rganishni tugatish (技能実習) yoki qobiliyat va yapon tili imtihonidan o’ta olganlarga beriladi. Viza muddati uzog’i bilan 5 yilga lekin oila a’zolariga viza berilmaydi.
Viza turi (2号) : yuqori mahorat imtihonidan o’ta olganlarga 1 yildan 3 yilgacha bo’ladigan muddatga beriladigan viza. Viza muddati tugaganidan keyin qayta yangilash imkoniyati va uzoq muddatli yashash vizasi, oila a’zolarini taklif qilish imkoniyati ham hisobga olinadi.
1-turdagiviza bo’yicha, keyingi 5 yil ichida 345,150ta chet ellik ishchi kuchi jalb qilinishi tahmin qilinmoqda. Aniq soha va raqamlar esa Hukumat tomonidan yil oxirigacha taqdim etilishi kutilmoqda. 2-turdagi viza bo’yicha qurilish va kemasozlik sohalariga hozircha ishchi qabul qilinmaydi va 1-turdagi viza egalarini 2-tur vizaga o’tkazish bo’yicha imtihon shartlari aniq bo’lgandan keyin aniqlik kiritiladi.
Lekin, Hukumat ushbu yangi qonunni hozirgi ishchi kuchi yetishmaydigan vaziyatda qabul qilinib, agar ishchi kuchi yetishmovchiligi keyinchalik bartaraf etiladigan bo’lsa chet ellik ishchilarni qabul qilishni to’xtatish haqida inobatga olmoqda. Ushbu yangi qonun har 2yilda qayta ko’rib chiqiladigan bo’lib, iqtisodiy ahvol va amaldagi vaziyatdan kelib chiqadigan vazifalarni inobatga olgan holda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев