EHTIYOT BO’LINGLAR VA KO’PCHILIKNI XABARDOR QILINGLAR !
YAPONIYA ga ishga jo’nataman deb, TURIST viza bilan aldab, kattagina pulini oladiganlar ko’payib ketti. Yaponiyada turist viza bilan ishlab bo’lmaydi.
Quyidagi xabar o’zgarishsiz beriladi:
“””Ohirgi paytlar shahrisabzni bollarini aldab yaponyaga turist viza qilib beraman va ishga joylashtiraman,til bilish shartmas deb 4kishidan samarqand dan kimdir aldabti va 4kishi 12.000dollordan berishibti.mandan maslahat ham suradi yaponyaga ish bormi deb.man aytdim haliyam kechmas orqaga qaytila desam yuq u bola meni tanishim aldamaidi deb aytgandi.mana tanish nima qildi.yaponyaga borib bir amallab airaportdan chiqsa hechkim kutib olmabti hor bub bir ammalab uzb ga qaytishti.shu voqea dan 2hafta utib yana 3kishini aldab huddi shunaqa qib puli ni olishibti.kecha yetib borgan ekan 2kishi migratsya savolidan yani airaport hodimlaridan utolmai narita hotelda yotgan emush. na qulida puli bor na yaponchali bilishadi.3kishidan 1tasi kichaga chiqsa yana hechkim yuq hozi kichada hor bob studentlaga yalinib silanikida yotai deb yurgan emush.Kim shu ishlani qilyapti iltimos ruza oylari uzbeklani aldab puli olmaila teshib chiqadiku.Agar kimdir shunaqa viza bilan hujjat qilayotgan bulsa oldini olila yaxshi maslahat.”””
Yaponiyaga ishlashga yoki o’qishga kelishdan oldin Yaponiyada ishlab, o’qib yurganlardan maslahat olib kelinglar. Yoki savol va fikrlaringiz shu guruhda savol yoki maslahat shaklida qoldiring!
Salomat bo’linglar !
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2