Namangan shahridan 25 km
masofada, Chortoqsoy daryosi
yoqasida, Chotqol tog’ adirlarida,
dengiz satxidan 650 metr
balandlikda joylashgan
balneologik va iqlimiy kurortdir.
Yurak-qon tomir, ovqat xazm
qilish va tayanch-harakat a’zolari,
asab tizimi, ginekologik va teri
kasalliklari bilan og’rigan
bemorlar uchun shifobaxsh
tabiiy omillari mavjud bo’lib, yod,
bromli va boshqa ko’pgina
minerallarga boy bo’lgan termal
ma’danli suvlari ichish va
vannalar berish uchun
qo’llaniladi. Shifobaxsh balchiq
applikatsiya va galvano-balchiq
usulida beriladi.
O’tkir miokard infarktini
kechirgan bemorlarning
sog’ligini tiklash uchun
reabilitatsiya bo’limi faoliyat
ko’rsatadi.
Zamonaviy tashxislash va
davolash asbob-uskunalari
yordamida fizioterapiya, lazer
bilan davolash, suv bilan
davolash, davolash
badantarbiyasi, uqalash,
psixoterapiya, fitobar va parhez
ovqatlar sizning sog’ligingizni
tiklash uchun faoliyat ko’rsatadi.
Yotoq binolari barcha
qulayliklarga ega bo’lgan bir va
ikki xonalardan iborat.
Madaniyat saroyi, kutubxona,
turli sport maydonchalari,
sartaroshxona, aloqa bo’limi
sizning xizmatingizda. Turli
xildagi sayohat va ekskursiyalar
uyushtiriladi.
Manzil: “Chortoq sanatoriyasi”
OAJ 161004
Namangan viloyati, Chortoq
tumani, A.Saydaliyev ko’chasi, 5-
uy.
Telefon: (8-36941) 26-444
(Chortoq)
qõshimcha sifatida:CHortoq sanatoriyasining shifobahsh suvida behisob madanlar mavjud,jumladan k,ca,Mg,Zn,j,ft,NA shular jumlasidandir,
õzining suvining shifobaxshligi bilan ushbu sanatoriya jahon miqyosida yetakchi õrinlarda turadi.
Shahsan ushbu sanatoriya õzimga ham juda manzur.
Keling,kõring va maroqli hordiq oling.
(Zülfi Yüksål)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев