Предыдущая публикация
Yoʻl topmang biz tomonga
Chiqay mayli yomonga
Tegdingizku koʻp jonga
Gulingizni olmayman.
Ketavering qay tomon
Mayli boʻlay men yomon
Ey yigit boʻling omon
Gulingizni olmayman
Yurmang endi ortimdan
Shu gapimdan qolmayman
Dod dengda sal dodimdan
Gulingizni olmayman.
Izhor etmang bezorman
Sizga bitgan ozorman
Sadoqatli bir yorman
Gulingizni olmayman
Chiqmang boshqa yoʻlimdan
Tutib nozik qoʻlimdan
Ishoning ahir chindan
Gulingizni olmayman
Begʻuborim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 24