Har zum havotirda soatga qarab, Har kun duosida omading so'rab, Gohida pinhona sog'insa yig'lab, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun. O'zing uchun yelib, baxtingni topding, Do'st-u oshnolarga vaqtingni topding. Shu kunlarga yetib qadringni topding, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun. Nogahon bolangga bir ozor yetsa, Ko'zingda dunyo tor, kuning bo'lar tun. Seni deb tunlari beorom o'tsa, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun. Onasin qololmay darddan qutqarib, Mozorga borarlar gullar ko'tarib, Mehrga zor bo'lib qolibdi qarib, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun. Mana shu kunlarda bir o'ylab ko'rgin, O'zing uchun olding qancha zo'r kiyim, Aytgin onang uchun ne qilding do'stim, Bir martta qo'ng'iroq qildingmibugun. Yo'lsiz qolib ketsang, yo'l topiladi, Dilinga bir dildosh dil topiladi, Qo'y o'sha boylikni pul topiladi, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun. Ahad Qayum so'zi og'ir botmasin, Onalarning umri g'amda o'tmasin, Mehr quyoshlari bevaqt botmasin, Onangga qo'ng'iroq qildingmi bugun.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1