Muhabat,ey gözal istirob,
Ey köhna dard,ey köhna tuyg'u.
Kökragimga qölingni tirab,
Yuragimni tökib qöyding-ku.
Qancha közlar menga zor edi,
Na g'am,na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan sökib qöyding-ku.
Ne pilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim ~ yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen,
Qomatimni bukub qöyding-ku.
Sen men uchun bir hayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi ~ mana ol endi,
Qiynar bölsang qiynab töyding-ku.
Bilmam, nima endi maqsading,
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading.
Birin otin Zaynab qöyding-ku.
Muhabbat,ey gözal istirob,
Köchang kezdim sarson,davdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab.
Közlarimni boylab qöyding-ku.
MUHAMMAD YUSUF.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1