muhabbat - tosh. otdim daryoga- suv oralab yo'qotdi u farq. ammo daryo-ishqqa do'ndi so'ng tosh singari meni etdi g'arq. g'arq bo'ldimu hanuz shu toshni- tub tublardan izlayveraman. bahor kelsa yasharib qayta, qishda yana muzlayveraman. ammo dilning kunjaklarida meni etar xiyonat ko'p fosh. yormoq uchun mening boshimni- meni topar o'sha go'zal tosh.
​​Агарда қайтмасам... Кузги боғларга Бир насим бўламан, чекинар оғриқ. Кўзимнинг олдида юксаласан сен, Кўзимнинг олдида улғаяр борлиқ. Мен сингиб бораман майсага, ерга, Қайғулар кўксимни топтамас бевақт. Менинг юрагимда чайқалар дунё, Менинг овозимда чучкирар дарахт. Агарда қайтмасам, Қайтолмасам мен, Яна жим кетаман нурафшон бўлиб. Бир ичкин нолада, эзгин нолада Кўзларим қайтади намозшом бўлиб...
  • Класс
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

1. umumlashgan xulosa bilan qiz qalbini qila boshlar g'ash oddiygina bahtning uchquni endi unga tuyular uyqash og'riq siljir har nafasidan rashk qiladi chekadi firoq bir yigitning suratiga u tuni bilan sanchadi pichoq ahir dildan sevadi ahir aytmoq uchun yetmaydi jur'at tongga yaqin uxlab qoladi uxlar uning bag'rida surat 2. sevgi nima? soyabon tutib- yo'lakchada xayol surdi qiz yomg'irlarni tomosha qilib soy bo'yiba uzoq turdi qiz ehtimol baht... titraydi labi- qo'llarida yaproq ho'l bo'lgan shamsiyaga urilar yomg'ir qiz ko'zida,ko'zyoshlar to'lgan bu azobdir... ha ha bu azob.... pichoq sanchdi dildagi sirga, shamsiyani otib yuborib- yuzlarini tutdi yomg'irga.
  • Класс
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

Men oddiyman, oddiylashgan ong, yuragimda qurib borar his. Men ko'chadan kulib o'taman- tarog'ini sindirar bir qiz... Sen ohista o'sib boryapsan, tabiatga kelmay sira zid. Sen ko'chadan kulib o'tasan- bolishini tishlar bir yigit. Sen va mening oramiz olis, Va turlicha hayol suramiz. Faqat bitta o'hshashlik mavjud- Yomg'ir yog'sa... Yig'lab yuramiz...
  • Класс
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

ЛАГАНБАРДОРЛАР Қайгадир йўқолса софдил сардорлар, Қўлингизда тайёр яп-янги дорлар. Ўзбекнинг тарихин ўқиб йиғладим, Сиз бунча кучлисиз, лаганбардорлар?! Кўрсатмангиз билан Машраблар ўлди, Бедилу Насимий ғамларга тўлди. Бутун бир эл-улус қатағон бўлди, Сиз бунча кучлисиз, лаганбардорлар?! Фирдавсий боши хам хаёл сурганда, Жим бўлар сиз билан бирга турганда. Навоий ҳам титрар сизни кўрганда, Сиз бунча кучлисиз, лаганбардорлар?! Кулиб ўлдирасиз ёвларингизни, Бешикаст очасиз ғовларингизни. Одам билолмайди навларингизни, Сиз бунча кучлисиз, лаганбардорлар?! Изингиз кўринмас ҳаттоки чангда, Жилолар сочасиз бунча кўп рангда? Иштирок этмайсиз ўзингиз жангда... Сиз бунча кучлисиз, лаганбардорлар
  • Класс
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q. Kuz singari za’far ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq. Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim? Shu kunlarda bahorga zorman, Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul. Yaxshiyamki, qalamga yorman, So‘zlab turar bor dilimni ul. Shu kunlarda bahorga zorman, O’z bahorim kabi bemisol. Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, Yo no‘noq qo‘l butagan nihol. Shu kunlarda bahorga zorman...
  • Класс
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

o'ttiz yosh,bundan boshqa nimam bor mening...
57558779691205

Ko‘ngil odamlari...

Daftar yuzin chang bosib qolgan, Ilhom bermay qo‘ygan bahorlar. Bu xonada nedir yo‘qolgan, Chalinmagan bu fasl torlar. O‘qilmagan eski xatlar ham. Bir burchakda yotibdi ana. Temir tili zanglagan qalam, G‘aladondan topgan boshpana. Bir-birini bosgan bag‘riga Javondagi uch-to‘rtta lagan… Derazaning ko‘z yoshlaridan Tokcha yuzin sepkil qoplagan. Ikki surat boqar bir yerga, Ikkisi ham qoshini kergan. Pishiq, lekin mayda zanjirga O‘zin osib soat jon bergan. Xona uzra sukunat daydib, Bor ovozda qiladi xitob. Bir-birini zo‘rg‘a suyaydi Javondagi uch-to‘rtta kitob… Hamma motam tutadi unga. Shabbodalar mayin yelmaydi. Hammasidan yomoni – bunga Shoir boshqa qaytib kelmaydi…
  • Класс
Показать ещё