(idea qayerdan keladi)
Fikrlar aqlimizga qanday keladi? Qanday qilib aqlimizga yangi fikrlar paydo qilishimiz mumkin.? Inson miyasida yangi fikrlar kelishi uchun nima qilish kerak? Bu mavzu ana shu haqida. Ma’lum bo’lishicha odam hojatxonada o’tirganda yoki piyoda yurayotganda ijodiy fikrlar kelishi mumkin ekan... nega shunday? Shu haqda bilib olamiz. Fikr yoki G’oya bu aqlimizning ijod qilishidir, Aqlimizda turli muammolarning yechimi yoki yangiliklar haqida fikrlar tug’iladi. Fikrlar odatda biror hayotiy muammo yechimini izlash jarayonida tug’iladi. Biror bir vazifa haqida o’ylaganda yoki biror qiyin vaziyatga tushganda inson fikrlashga majbur bo’ladi. Ba’zi hollarda insonga istamagan holda ham ajoyib fikr tug’ilishi mumkin. Ko’p olimlar shuni tan olgan ekanki, ular birorta masalaning yechimini izlashda bir joyda o’tirmas ekan, balki albatta harakatda bo’lib turishi kerak ekan. Qachonki bizni tanamiz harakatda bo’lsa, shunda aqlimizga muammolar yechimi oson kelar ekan. Siz qaysi sohada bo’lishingizdan qat’iy nazar fikrlashga muhto bo’lasiz. Miyangizga kelgan “tovushsiz gaplar”ni amalda bajarib ko’rasiz. Rassom yoki naqqosh bo’lasizmi, Fizik yoki matematik bo’lasizmi, muhandis yoki arxitektor bo’lasizmi, komputer dasturchisi yoki dizayner bo’lasizmi, buning farqi yo’q, Siz fikrlay boshlasangiz aynan o’zingiz qiziqqan sohada siz uchun yangi idea (fikrlar) aqlingizga keladi. Xudo insonni juda muakmmal qilib yaratganki uning ichki dunyosida ham katta olam bor. Inson fikrlay boshlasa yechim topiladi. Har qanday istalgan savolingizni (u qanchalik murakkab bo’lmasin yoki hech kim javob topolmagan bo’lsa ham), agar astoyidil bir necha kunlar yoki oylar davomida o’ylasangiz bir kun sizga javob topiladi. Bu narsa ko’p tajrobalarda kuzatilgan. Fikrlar qayerdan keladi. Insonning aqliga fikrlar qayerdan keladi?- degan savol tug’iladi. Insonga 3 xil tarafdan fikr kelishi mumkin. 1. Xudo tarafidan keladigan ilhomlardir, insonning qalbiga kelgan ilohiy (Rahmoniy) fikrlar hamisha yaxshilikka chaqiradi. 2. Shayton tarafidan ham inson qalbiga turli vasvasa yoki fikrlar keladi. Afsuski ko’p insonlar ana shunday fikrlarning qurboniga aylanib yomonlik yo’liga o’tadi. Hasad, Kibr, yomon gumonsirash va hokazolar shayton tarafidan insonga keladigan “tovushsiz buyruqlar” hisoblanadi. 3. Insonning o’z nafsidan (yoki o’z aqlidan) keladigan fikrlar ham bordir. inson o’zi mustaqil fikrlashi davomida keladigan g’oyalar ham bo’lib, ba’zan unga ham ilohiy yoki shaytoniy fikrlar qo’shiladi. Yangi idealar kelishi uchun nima qilish kerak? Ko’pchilikka ma’lum bo’lishicha, odam yo’l yurayotganda, yoki hojatxonada o’tirganda miyada yangi fikrlar kelar ekan. (G’alati ko’rinsa-da lekin bu haqiqat.) Inson miyasi qanchalik orom olsa yoki boshqa muammolardan holi bo’lsa, shunda ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Bundan tashqari inson ibodat qilayotgan paytda ham yangi-ijodiy fikrlar kelar ekan. Masalan, namoz o’qiyotgan odam ham agar xayolini bir joyga jamlamasa, kutilmagan ajoyib fikrlar kelar ekan. Ko’pchilikka sir emaski, ijodiy ish bilan shug’ullanadigan ba’zi kishilar, xususan ba’zi yozuvchilar mast qiluvchi ichimlik istemol qilib turadilar. Buning boisi, mast bo’lgan odam boshqa muammolarni unutadi va miyasi orom oladi. Lekin buning oqibati albatta yomon hisoblanadi. Bunday bo’lishdan Xudo saqlasin. Xullas, aqlimizda behuda tashvishlar bo’lmasa, shunda bizning ijodimizda zo’r ilhomlar kelishi mumkin. Muammolar yechimini topishning yo’li Agar biror masala yoki muammoning yechimini izlayotgan bo’lsangiz, uzoq masofa tekis yo’lda piyoda yurayotgan paytingizda fikrlang. Eng kamida 3 kun davomida fikrlasangiz yanada yangi g’oyalar aqlingizga kelaveradi. iloji bo’lsa yon daftarcha va ruchka ham olib yuring. Agar, zamonaviy smartfon telefoningiz bo’lsa uning “note” finksiyasidan foydalanish mumkin. Dmitriy Mendeleyevning yozuv stoli ancha baland bo’lib, ko’pincha tik turgan holda yozar ekan. Aytishlaricha, U birorta mashhur ilmiy ishini o’tirgan holda yozmagan ekan. Balki xonada tikka harakat qilib turgan holatda aqliga kelgan fikrlarni qog’ozga tushirgan ekan. Yana ba’zi holatda inson aqliga kutilmagan ajoyib fikrlar kelishi mumkin. Eng ajoyib fikrlar ko’pincha uyquga ketishdan oldin kelar ekan. Odam yarim uyqu aralash fikrlasa, nima haqida bo’lmasin shu o’ylayotgan narsasi haqida yangi g’oyalar kelishi mumkin ekan. Ammo ertalab uyqudan turganda bunday bo’lmaydi. Yana, bundan tashqari,, hammomga kirib cho’milish paytida ham inson fikri sokinlashar ekan. iliq suvda cho’milish paytida xotirjam bo’lib fikrlaganda ham aqlga ijodiy fikrlar kelar ekan. Insonga yoqimli bo’lgan sokin musiqa ohangi ham insonni ruhlantirishi mumkin. Odamni sokinlashtiradigan pianina yoki nay ohangi ta’sirida ijodiy kayfiyat paydo bo’lishi mumkin. Ovqatlanish fikrlashga foydami? Och qorinda odamning xayoli ovqatda bo’ladi. Och qorinda odamni boshi og’rishi mumkin. Ijodiy fikrlash uchun qorin juda och bo’lmasligi kerak, shu bilan birga juda to’q ham bo’laslik kerak. Mumkin qadar, yengil taomlanish kerak. Meva, sabzavot, salatlar bilan taomlanish kerak. Baliq go’shti ham inson miyasiga juda foyda. Juda to’yib ovqatlanish insonni fikrlashini sustlashuviga olib keladi va odam dangasa bo’lib hatto o’ylashga ham madorsiz bo’ladi. Ob-havo ham odamning fikrlashiga ta’sir ko’rsatadi. Issiq havo odamni lanj (sust) qiladi. Aqliy mehnat bilan shug’ullanish uchun salqin havoda bo’lish kerak. Etibor bersangiz, shimoliy mamlakatlarda – sovuq o’lkalarda yoki dengiz bo’yida yashaydigan xalqlar ichida ko’plab olimlar va kashfiyotchilar yetishib chiqqan. Xullas, Odamning aqliga yangi fikr –g’oyalar kelishi uchun miya sokin va orom bo’lishi kerak. Fikr keladigan vaziyatlar bu: yotish payti - uyqudan oldin, hammom yoki hojatxona, yo’l yurish payti, sokin musiqa ohangida. Aqliy mehnat uchun sovuq havo bo’lishi kerak. To’yib ovqatlanmaslik va juda och bo’lmaslik kerak.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев