Предыдущая публикация
Jabr cheksang tuxmat, ro‘yodan.
Hayot o‘zi shundayin bir kam,
Umidingni uzma dunyodan.
Do‘sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho‘lg‘asa gumon,
Kimlarnidir sog‘insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo‘lmasa tirgak,
Qayg‘ulardan charchasa yurak,
Bo‘lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma dunyodan.
Yo‘llarida bo‘lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa hayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев