Ayolning
uyqusi
kelmay shiftga tikilib yotar,
közlari
yig'idan shishib ketgan, boshi
tars yorilgudek og'riyapti. Bugun
suyukli eri birinchi bor unga
qöl
kötardi. Yetti yil bir yostiqqa
bosh
qöygani, özi tanlab sevib turmush
qurgani... Tarsaki ovozi
shunchalik qattiq chiqdiki,
yonlarida ötirgan ikki yoshli
ög'ilchasi onasiga qöshilib
yig'lab yubordi. Olti yoshli
qizalog'i
esa
qöshni xonadan yugurib
keldi.
хонадан югуриб келди. Nima
bölganini tushunmay hayron…
Ayol yon tarafga boqdi, eri
yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat
qattiq
siqilganida, ba'zan sigareta oladi
qöliga. Аyol özini aybdor his
qila
boshladi. Bir gapdan qolmay
teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam
sabrli, boshida tög'ri
tushuntirishga harakat qildi.
Lekin "Siz ham erkakmisiz?”
degan gapga har qanday
erning
sabr kosasi tölsa kerak. U özini
bosib olgan, ichmaydi, yomon
odatlari yöq, xotinboz emas.
Faqat biroz yetishmovchilik
bor
oilada. Bugungi janjal ham eri
bolalari sevadigan
“Chokotellа” kremini olib
kelmagani uchun chiqqandi.
Shunga noshukrlik qilgani
uchun
ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay
olmayotgani sababi ham
tarsaki
emasdi. Bаlki erining dilini
og'ritgani uchun özidan xafa
edi... Eridan xavotir olib eshikni
ochdi, uning
bolalar xonasi oldida turganini
körib hayron qoldi. Erining
qölida
bir parcha qog'oz bor edi,
közlaridan esa yosh oqardi.
Ayol
bu manzaradan qotib qoldi,
erining közlari namlanganini
birinchi bor körishi edi.
Bildrimasdan joyiga kelib yotdi…
Мiyasida ming hayol…
Ertasiga eri
özini hech narsa bölmagandek
tutar,
doimgidek kulib, hazillashib
bolalarini öynatardi. Оradan
bir
hafta ötgach ham ösha voqea
haqida söz ochilmadi,
ayolning köngli ham
tinchlangandek böldi. Yakshanba
kuni kiyimlarni yuvishga
shaylangan ayol erining shimi
chöntagidan bir parcha qog'oz
topib oldi. Undagi yozuvlar
kimniki ekanligini darrov angladi,
qiyshiq harflar bilan bitilgan
maktubni öqirkan qizalog'i
Muxlisa köz oldiga keldi: “Ey
Хudо, iltimos, adam
oyijonimni urmasin... Endi hech
qachon
“Chоkоtеllа” yemayman..."
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев