O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas bulbullar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Shovullab bahorda yomg'ir esganda
Anhorlarda to'lib suvlar oqqanda,
Mayin shamol doim esib turganda
Sog'inganim aytardim sizni ko'rganda.
Immillamay oylar o'ta qolsaydi
Dardlarim kamayib tugab qolsaydi,
Dunyo baxtga to'lib sizni ko'rsaydim
Ichimdagi dardim oshkor etsaydim,
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев