Yarashibdi qalamqosh.
Lekin nega közlaringda,
Jilvalanar halqa yosh?
Gul bandidek barmog'ingga,
Tilla uzuk taqilgan.
Nima uchun qarog'ingga
Alam öti yoqilgan?
Meni unut, taqdir ekan,
Yengolmadim qismatni.
Köz-köz qilma özgalarga
Qalbingdagi hasratni.
Yonginangda kuyov töra,
Alpomishdek savlati.
Sen qizniya olib ketdi
Otasining davlati.
Qancha orzu qilgan edik,
Böldi barisi sarob.
Endi senga köz yosh qoldi,
Menga bir qoldi sharob.
Buni umr savdo derlar,
Peshonangda bor ekan.
Xafa bölma kuyov bola
Senga loyiq yor ekan.
Sevgimizni tushunmasdan
Ayirdilar nachora.
Qanday baxtli edik bizlar,
Endi qoldik be chora.
Qara, hamma raqs tushmoqda,
Özlaricha qilar töy.
Bu bayramdan baxtli kim-u,
Kim afsusga böldi boy?
Qöy senga juda
Yarashibdi oq libos.
Qani endi tabassuming
Libosinga tushsin mos.
Quyi egma boshingni hech,
Yig'lamagin har damda.
Eh sevgilim kechir meni,
Turolmadim va'damda.
Ahd-u paymon qilgan edik,
Qismatimiz bu ekan.
Bir qissamiz bor ediya,
Yakun qismi shu ekan.
Ota-onang baxting uchun,
Balki tög'ri qilgandir.
Balki meni senga loyiq,
Emas deya bilgandir.
Ne bölsada, bugun töying,
Tökma zinhor endi yosh.
Senga oliy saodatu,
Baxt tilayman qalamqosh.
Endi, borgin uying tomon
Töxtama har qadamda.
Meni kechir, alvido yor,
Turolmadim va'damda...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев