Предыдущая публикация
Soy boyi. Tun. Kuz.
Bir yigit, bir qiz.
Shivir-shivirlar
Jiyda tagida.
Taxoratkash chol,
Uyga qaytdi lol.
Dilda sanchiqlar-
Jiyda tagida...
-Qaydasan, kampir?
Ado bo'lding, tur!..
Nomusing yig'lar
Jiyda tagida.
Ko'r, o'zing xam, yur,
O'pishayotir,
Uying kuygurlar
Jiyda tagida...
Keyin ne bo'ldi?
Keyin o'y bo'ldi,
Keyin to'y boldi.
Qolmadi sirlar
Jiyda tagida.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев