Har bir janozada dastlab quyidagi duo o‘qiladi:
All`ohummag‘fir lihayyin`a va mayyitin`a va sh`ahidin`a va g‘`o’ibin`a va sog‘`iyrin`a va kab`iyrin`a va zakarin`a va uns`an`a. All`ohumma man ahyaytah`u minn`a faahyih`i ‘alal Isl`am. Va man tavaffaytu minn`a fatavaffah`u ‘alal iym`an.
Ma’nosi:
«Ey Rabbim! Tirigimizni va o‘ligimizni, bu yerda bo‘lganlarni va bo‘lmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug‘ilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko‘z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin».
Janozasi o‘qilayotgan mayyit balog‘atga yetmagan o‘g‘il bola bo‘lsa, mana bu duo o‘qiladi:
All`ohummaj’alh`u lan`a farotav-vaj’al h`u lan`a ajrov-va zuxrov-vaj’alh`u lan`a sh`afi’am-mushaffa’an.
Mazmuni:
«Allohim! Bu bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug‘oni qil... Allohim! Bu bolani biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla».
Janoza balog‘atga yetmagan qiz bola uchun o‘qilayotgan bo‘lsa, quyidagi duo o‘qiladi:
All`ohummaj’alh`a lan`a farotav-vaj-’alh`a lan`a ajrov-va zuxrov-vaj’alh`a lan`a sh`afi’atam-mushaffa’ah.
Ma’nosi:Allohim! Shu qiz bolani jannatda bizni qarshilab oluvchi va oxirat armug‘oni qil... Allohim! Bu qizni biz uchun shafoatchi qil va shafoatini maqbul ayla.
Bu duolarni bilmaganlar«All`ohummag‘fir liy va lah`u va lil-mu’min`iyna val mu’min`at».
Ya’ni, Allohim, meni va uni, erkak va ayol barcha imon keltirganlarni mag‘firat ayla», deya duo qilsalar yoki «Robbana...» duosini o‘qisalar ham bo‘ladi.
Janoza namozining boshlanishiga ulgurmagan kishi jamoatga tezda qo‘shilib iftitoh takbirini aytadi va imomga iqtido qiladi. Imom salom berganidan keyin, lekin hali tobut ko‘tarilmasdan avval qolgan takbirlarni o‘zi aytadi.
Tushgan, o‘lik tug‘ilgan bolaga janoza o‘qilmaydi. Bir ism qo‘yilib yuviladi va matoga o‘rab, ko‘miladi. Tirik tug‘ilib o‘lgan bola yuvilib, janozasi o‘qiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев