" Ezgu orzulari
bo'lganida puch, Ayol xiyonatiga
kelganida duch. Nafsini
yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib, erkak yig'liydi.
Xaqiqat olovdir, yolg'on bir
shisha, Xaq gapni etmoqdan
qilmam andisha. Qizi nogox
bo'lib qolsa foxisha, Xammadan
yashirib erkak yig'liydi. Cheksiz
xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasini tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'liydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini, Rozi
qilolmasa otajonini. Tuproqqa
qo'yganda onajonini, Uyalmay
bo'kirib, erkak yig'liydi. Do'sti
sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa ish maydonida,
Bir chetga o'tirib, erkak yig'liydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi, Ajalin
chaqirib, erkak yig'liydi. Xaromni
tanlasa, xalol turganda, Navqiron
yoshligini uvol qilganda. Qirq
do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib, erkak
yig'liydi. Choyxonada o'tkazgan
bo'lsa umrin, Xech masjid
tomonga burmasa yo'lini. Bir
kuni tushunsa adashganligini,
Umriga achinib, erkak yig'liydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik
noni, Taqdirida bo'lsa sag'irlik
oni. Ming bir azoblarda qolganda
joni, Ko'ngliga suyanib, erkak
yig'liydi. Maylaru sharobga bo'lsa
u oshiq, Jirkanch odatlargami
yashasa sodiq. Nom
qozonolmasa ablaxdan ortiq, Bir
kuni og'rinib, erkak yig'liydi.
Xech ham baxt ko'rmasdan bir
kuni oxir, Og'zim oshga yetdi
deganda asl. Ajal sari"ketdik"
desa Azroil, "E vox", deb baqirib,
erkak yig'liydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев