Qanday qilib ingliz tilini mustaqil o’rganish mumkin?
Hozirgi kunga kelib, til o’rganish zamonning talabiga aylanib qolgani hech kimga sir emas. Til bu aloqa vositasidir. Til o’rganish jarayoni sabr va mehnat talab qiladi. Eski avlod vakillarining “Bizda bunday sharoitlar bo’lmagan, biz sham yorug’ida kitob o’qib, ilm olardik, sizlarga o’xshab dangasa emas edik” qabilidagi dashnomlarni ko’pchiligimiz eshitgan. Darhaqiqat, hozirda ilm olish uchun, aytaylik xorijiy tilni o’rganish uchun mavjud sharoitlar havas qilsa arzigulik. Kitob do’konlarida turli xil kitoblar CD disklar deysizmi hammasi mavjud. Internet va zamonaviy qurilmalar taqdim etayotgan imkoniyatlarniku aytmasa ham bo’laveradi. Yurtimiz shaharlari bo’ylab tobora ko’payib borayotgan o’quv markazlari ham ajoyibu g’aroyib xizmatlarni taqdim etishmoqda. Albatta, siz ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalana bilsangiz, muvaffaqqiyatga erishasiz, AGAR… Lekin, shu agardegan so’z ko’p narsani o’zgartirib yuborishi ayni haqiqat. Hech qachon unutmang, hayotingiz o’z qo’lingizda, uni qay tarzda kechishi birinchi o’rinda o’zingizga bog’liq. Sizda agar chin istak bo’lsa har qanday orzu haqiqatga aylanishi turgan gap. Braziliyalik taniqli yozuvchi Paulo Koelo aytganidek, Agar siz bir narsani chin yurakdan xohlasangiz, butun borliq maqsadingiz yo’lida o’zaro uyushadi”. Oʻqishni davom ettirish uchun ushbu linkni bosing: http://lingway.uz/tips/40-ingliz-tilini-mukammal-organish-siri.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев