Предыдущая публикация
Izidan termulib yig‘ladim zor- zor, Ortiga qayrilib boqmadi bir bor, Holimni ayladi shunchalar abgor, Maylida ketsalar o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi. Oltin xor bo‘lmagay, loyda yotsa ham, Qadrin yo‘qotmagay, o‘tda yonsa ham. Mayli edi hatto kulmay ketsa ham, Qadrimga etmasa o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi. O‘zgadan kulganlar bir kun xor bo‘lar, Muhabbat mehriga yig‘lab zor bo‘lar, Alamu- qayg‘uga griftor bo‘lar. Maylida kulsalar o‘zi biladi — Oxirida kulsa kim, chindan kuladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1