Poyezdga yetolmagach yigit
yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha
svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,-
ertaroq harakatlanish kerak edi.
Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang
holda ortga ögirildi. Shu vaqtda
xuddi özi kabi poyezd ortidan
afsuslanish bilan qarab qolgan qizga
közi tushdi. Qizning uzun sochlarini
shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini
uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida
judayam sohibjamol 21-22 yoshlar
atrofidagi qiz turardi. Qiz ham
yurishdan töxtadi. Uning shaxlo
közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab
yuborishga tayyor turardi. Yigitga
qizning bu holati judayam g'alati,
özgacha jozibali tuyulardi. Ayni
damda yigit poezdni unutib ham
yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi
u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli,
yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi
yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam
bunday ertaroq harakat qilishi
kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib
tushib qoldim. Qiz javob bermay
vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga
yetib oldi va gapirishda davom etdi: -
Bu shaharda hamma shoshadi, xatto
poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim.
Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu.
Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? -
Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga
borib keyingi poezd qachon
bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa
böldi. Yigitni esa ushbu javob
mutlaqo xursand qilib yuborgandi.
Chunki bu gözal qiz tobora uni
maftun qilib borardi.
- Afsus,- dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bölsa yana
qöshimcha 8 soat ushlab
turinglar ösha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan, uning özini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bölgan
kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. Biroz ötgach
yigit ham uning yoniga kelib ötirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani.
Qiz qöng'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
söradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz
örnidan qözg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami? - Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yöl.
Umuman olganda keyingi
poyezdni kutishning foydasi ham
yöq. Maylimi, sizga hamrohlik
qilsam? Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim
kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz
bilan bitta avtobusda birga ketish
yozilgan bölishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi.
Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga körsatgach
hayratdan gapirishdan ham
töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning
ismi yozilgandi. Qiz örnidan
qözg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yönalgan yigitdan
söradi:
- Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini
avval köksiga, keyin peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar... * * * Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi
avtobusga chiqishdi. Biroz jim
ötirishgach yigit kamzulining
kissasidan judayam ixcham, lekin
öta chiroyli kichik gul g'uncha olib
qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga
qarardi. Haqiqatda bugun uning
tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga
shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta
qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda
edi.
- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati
yo'q, ishonavering, - kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni
birinchi bölib men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda
yarashadigan kelishgan yigit qizni
tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga
qiziq narsalar haqida gapirib berar, u
oddiy narsalar haqida ham shunday
kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz
miriqib kulardi, teran öyga tolardi. Bir
soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi:
- Endi ismimni qanday qilib topganizi
ayta qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga
qaramasdan söz boshladi
- Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u menga
shunchaki bildirolmaydilar.
Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki
aksincha eshitmaydilar. Men
shunday kishilarga öz fikrlarini
ifodalay olish san'atini örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari
orqali, lablarning qimirlashi orqali
ularning nima haqda
gapirayotganlarini tushuna olaman.
Endi siz haqizda, menimcha vokzalda
oyijonizga qöng'iroq qilgandiz... Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon
suhbatini yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu
men ...man.
- Voalaykum, poyezdga chiqdingmi?
Qachon yetib kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim.
Mehmonxonada tölovlar böyicha
muammo böldi. Kelsam, poyezd
ketib bölibdi. Endi avtobusda bora
qolaman. Shuning uchun 3-4 soat
kechikaman, xavotir olmang. - Vaqtliroq harakatingni qilsang
bölmaydimi? Bu yoqda hamma seni
kutib ötiribmiz. Bugungi kunni
unutdingmi?
- Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan
kunim. Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib qoldi. Böldi, mana
yölga chiqyapman.
- Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin.
- Xöp oyijon, xavotir olmang...
Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan
chog'ida kuzatib ötirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi
ravshan bölgach qiz kuldi:
- Demak siz joyizda ötirgan holda
uzoqdagilarning ham nima haqda
gapirayotganligini bila olasiz,
shunaqami? - Agar lablari harakati körinarli bölsa,
ha.
- Unda anavi orqa örindiqda
ketayotgan oq sochli odam yonidagi
ayolga nima haqda gapiryapti?
Yigit orqaroqda ötirgan ösha kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin
qizga uning nima haqda
gapirayotganligini tushuntirdi:
- U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi
turmush örtog'i, qizlarini körishga
ketayotgan bölishsa kerak. - Qizlarini?
- Ha. Qizlari shifoxonada ekan.
- Hm... Anavi oldingi örindiq yonida
tik turib, hozir bizga qarab
jilmayayotgan qiz nima haqda
gapiryapti? Yigit ösha tarafga qarab kulib
yubordi. Qizning ma'noli qarashiga
sokin javob berishga urindi:
- U siz haqizda gapirdi. Menimcha
aytmaganim ma'qul.
- Men haqimdami? Ayting, nima dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining
qölidan mahkam ushlab olibdi,
xuddi qöyib yuborsa men olib
qochib ketaman, dedi.
Qiz yarq etib öz holatiga diqqat qildi. Chindan bu öyinning qiziqligi
gashtidan mashg'ulotga berilib
ketgan va yigitning öng qölini siqib
olgandi. Buni özi beixtiyor
bajarganligi uchun ahamiyat
bermagandi. Qiz darhol qölini tortib oldi. U oynadan yöl chetida yastanib
yotgan dalalarni tomosha qilishga
tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati...
Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham
hayronsan, bilmasdan
gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha hayol surayotgan
qizning hayolini yigitning ovozi
böldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul qilvolish kerak.
- Hm.
- Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan
öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi.
Avtobus yöl chetida biroz turgach,
yana yölga chiqdi. Qiz judayam
charchagandi. Yigitning qaysidir
mavzudagi sokin sözlari ta'sirida közi
ilindi... - Allo,- qizni uyg'otdi yigit,-
uyg'oning malika, shahrizga yetib
keldik.
Qiz avtobus oynasidan tashqariga
qaradi. Darhaqiqat yetib kelishibdi.
Yana bir oz yurishsa bas. - Mana bu sizga,- yigit qizga tumor
tutdi shu payt,- tug'ilgan kuniz bilan!
- Rahmat, hojati yöq, shundog'am
yetarlicha syurpriz kun böldi bugun.
- Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri, bu
tumor u qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga
ham omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit
xafa böladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni
qöliga olarkan,- chindan omad keltiradimi?
- Albattada.
- Unaqada, poyezdga nega kech
qoldiz?
Qizning jilmayib söragan savolidan
söng yigit uning közlariga qaradi va kulib javob berdi:
- Poyezddan qolib ketganimni kim
omadsizlik dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu
onda...
Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan tushishdi. Xayrlashish
kerak edi-yu, lekin negadir bunday
qilishda ularda xohish topilmasdi.
Nihoyat, qiz jimlikni böldi:
- Mayli, hammasi uchun rahmat sizga,
omon böling. - Siz ham.
- Xayr...
- Nega endi xayr? Balki yana
uchrashib qolarmiz?
Qiz jilmaydi:
- Qaydam... - Men esa ishonaman,- yigit qölini
avval yuragi ustiga, keyin
peshonasiga olib bordi,- axir buni
taqdir deydilar...
Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu
burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir söz
aylanardi: buni taqdir deydilar...
Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi
bor ayrilmoqda edilar... Qiz ancha
yurib ortiga ögirilib qaradi. Ancha
narida biroz surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit
xuddi u kabi ögirilib unga qarab
turardi ...
Yigit shu kun bir kichik
e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan xatosi ham edi. U
qizdan telefon raqamini, hech
bölmasa, ish joyi yoki manzilini
sörashni unutgandi. Buning
uchun qanchalar afsus
chekmasin, endi befoyda edi. Ösha sohibjamol qizning gözal chehrasi
har daqiqada köz öngida paydo
bölaverardi.
Avtobusda qiz uning yelkasiga
boshini qöyib uxlab qolganidagi
hayajonli holatini öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq,
ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni
topish kerak. Sevib qolganini
aytish kerak. Lekin qanday qilib?
Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini
bilsa? Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish kerak.
Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu
taqdir... * * * Oradan 5 oy ötdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida
telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi.
Yigit telefon bölaklarini yerdan oldi-yu jahl bilan ösha
insonga qaradi:
- Közizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan beri
qidirib topolmaydigan, ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan
boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir
hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz öqirdi,
dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan
sari yigit taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi
hayolini böldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr har
ikkisining hayolida paydo böldi.
- Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi,
shoshib ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu
yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib
topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan
keyin, ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan söradi.
- Yöq,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz
bilan bu taxlit uchrashib qoldik?
- Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni
unutib yubormaganligini sezdi. Har
holda, uchrashganlarida, qiz aytgan "poyezdlar ham shoshadi"
iborasi uni nimadandir umidvor
qilardi. Shu kun yigit qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u
qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi porlardi. Har holda
u qizning nima haqdadir chuqur
öyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan
mast edi...
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan
xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun
u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni
juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida
haqiqiy bayram qilib nishonlashdi.
Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan
köyi örniga yotarkan qiz bugungi
sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga
oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim
tumor edi. Unga qarab biroz
surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni
öyladi. Lablariga mayin tabassum
yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga
qöyib qöydi-yu közlarini uyquga
yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus...
"Nimalar böldi menga? Bir kunda u
haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq,
men sevib qolmadim. Bu sevgi
emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni
sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin
hayollar qilardi. Bu hayollar esa
tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab
borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni
qidirayotganini sezardi, lekin hech
narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi... 5 oydan söng... Qiz kunlar ötib, yigitning
kelmasligiga ishonch hosil qildi.
Qayerdan ham kelardi. Balki
butunlay unutib ham yuborgandir.
Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida
uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu
talablarga rad javobini berishga
qiynalardi. Oxiri hammasini ota-
onasining ixtiyoriga tashlab qöydi.
Ösha kunning özidayoq qizning
uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi.
Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib
yig'lab yubordi. Negaligini özi
anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi.
Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi
yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri
shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana
kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni
qiz töyib yig'ladi. Bor hasrati köz
yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi
hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam?
Töyni kuyovning ishlari tufayli 40
kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini
chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni
qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach
yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq,
bugun uni qölimda olib yuraman.
Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi
qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin
urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib
sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz
qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
Telefon orqali suhbatlar...
Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga
tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi
shu qadar kuchli ediki, undan
shunchaki köz yumib ketolmasdi.
Har uchrashganlarida yana va yana
qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng
qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi
haqida öylardi, qiz esa yaqin
kelayotgan iztirobli voqealarni his
qilardi. Shuning uchun qiz hech
kimga bildirmasdan köp yig'lardi... Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi
izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab
yubordi. Yöq, qiz ortiq faqat özini
öylay olmasdi. Hammasini töxtatish,
ehtimol tugatish kerak edi. Uni
quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham
bermasdan yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga
aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur
öyga toldiyu qizini bir-necha kun
yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Töy böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz
hammasini unga aytmoqchiydi.
Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U
qizni uzoq bag'riga bosib turdi:
- Yig'lama, azizam senga kulish
yarashadi...
"Nega yig'layapsan" deb söramadi
ham... Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib
turgandi. Ertasi kun qiz bu safar
yigitga hammasini aytish uchun
uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit
kelmadi. Telefoni öchirilgan.
Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir...
Menga xorijdan yaxshi ish taklif
qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak
rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham
bor eding, ammo endi hammasi
birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..."
Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-
qayta öqidi. "Siz bunday
qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin
hammasi ravshan edi. Qiz u bilan
ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman
degandi, endi tashlab ketdi. Alam
bilan unga javob yozdi:
- Sizga aytolmagan bir gapim bor:
Meni turmushga berishyapti... Balki,
kelajagizni öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib
kelmang... Sizi körishni istamayman.
Yodizdami, menga yurakchali tumor
sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb?
Menga soxta yurak hadya qildiz-u
haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga
nimalarnidir örgatdiz. Masalan,
taqdirga ishona boshladim. Lekin
taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir
gapni sizga aytolmaganman: Sizi
sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham...
Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi.
Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi.
Hammasi tugadi...
Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz
xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga
aytgan hamma gaplari bir-bir
jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim
omadsizlik dedi?"
"Kul azizam, kulish senga yarashadi..."
"Buni taqdir deydilar..."
Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu
daqiqada uning ortida otasi qölida
qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi
uning peshonasidan öpdi: - Meni kechir qizim... * * * 20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni
sevib qolganini eshitgach, chuqur
öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma
rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar.
Nega qanaqadir ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib qolganini
tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u
xavas deb qabul qildi va qizini bir
necha kun yig'lashga majbur qilgan
qarorni chiqardi:
- Töy böladi! Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi
issiqqina ekan. Lekin endi kech. U
bilan ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan
söng töyi böladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda
yig'laganini tushungan edi.
- Hammasiga endi juda kech... Iltimos
qilaman sendan, qizimni chin
yurakdan sevsang uni tinch qöy,
chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini
saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning
otasi uzoq gapirib sözini yakunladi:
- Shunday qilki, u sendan
nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi
böladi...
Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa
joyida turib qoldi...
Hozir qizning otasi undan qiz uchun
jonini söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim
narsalarning qadri jondan ziyoda
bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit
uchun shu kun juda og'ir böldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana
yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni
bag'riga bosdi. Ichidan otilib
chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib
qizga shivirladi: "Kul azizam, hech
qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada
qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa
körishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga
otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan
kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni
uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga
xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit
ketishga qaror qildi. Hammasini
unutish uchun... Ertasi kun u qizga
sms yubordi. Uning öqib yig'laganini
uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir
jonim, mendan nafratlanishing
kerak..."
Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti
uchishidan bir kun oldin u qizni
sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham. G'amgin
gözal qiz...
Yigit qizning otasi bilan gaplashib
olishi kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib
ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga
berib qöying, iltimos. Sizning
iltimosingizni bajardim. Siz ham
bajarasiz deb öylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi seni körmayman.
Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni
hech kim körmasligi uchun
közoynak taqib oldi.
Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi.
Qizini shu darajada sevarkan, bir
og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida
qoldi. Tongda maktubni olib qizining
xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal.
Lekin, uning közlarida yosh bor edi.
Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim... * * * Ota qiziga xatni berib, yigit haqida
hammasini aytib berdi. Qiz maktubni
ochib öqishga tushdi:
"" Bugun mendan nafratlanayotgan
bölsang kerak. Ishonaver buning
hecham ahamiyati yöq menga. Chunki bugun men seni yana
hammadan birinchi tabriklayapman.
Qanday omadim bora? Sen jinnisan,
negaligini bilasanmi? Töying haqida
aytmading menga. Lekin meni
kimligimni unutib qöyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir
bilvoldim. Xuddi tug'ilgan
kuningdagidek... Yodingdami,
taqdirga ishonmayman derding. Men
esa qölimni avval yuragim ustiga,
keyin peshonamga qöyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini
bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi
uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha,
men taqdirimdan minnatdorman.
Ösha poyezdga kechiktirgani
uchun... Seni menga uchratgani uchun...
Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim.
Seni qidirib. Topganimda esa endi
kech bölgan ekan...
Meni kechir... Sen baxtli bölishing
kerak. Menga öxshagan surbet bilan taqdiring qöshilmagan ekan. Men
senga hozir söz beraman. Meni endi
hech qachon körmaysan, men esa
seni hech qachon unutmayman.
Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham
menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bölaman deb söz
ber. Sizni unutaman deb söz ber.
Chunki men unutilishga loyiqman.
Seni tashlab ketayotganim uchun
ham...
Senga bir gapni köp aytishga ulgurmadim. Bugun sönggi bor
aytaman: Men seni sevaman!
Sen baxtli bölishing kerak. Töying
muborak bölsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni öqib tugatdi.
Otasi qizini yupatdi: - U bugun Parijga uchib ketmoqchi.
Bor qizim uni töxtat...
Qiz yig'lashdan töxtab, otasiga
qaradi.
- Köchada taksi kutib turibdi.
Ulgurishing kerak. Qolganini menga qöyib ber,- otasi qölini avval yuragi
ustiga keyin peshonasiga olib
bordida kuldi,- axir buni taqdir
deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon... Keyin chopdi. U ketib qolmasligi
kerak. Ketishga haqqi yöq. Qölidagi
bejirim tumorni mahkam siqib
taksiga ötirdi. Taksi aeroport tomon
yöl oldi. Qiz esa hamon köz
yoshlarini töxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir
martagina mening ham iltimosimni
bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz
shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini
bilmasdi. Aeroport ichida esa
operatorlarning yölovchilarga turli
murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat
shoshilib nazorat punktiga keldi.
Qöriqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida ötirgan qizdan
shoshib söradi:
- Opajon, Parijga samalyot
uchmadimi hali?
- 347-reys bilan Toshkent-Parij
yönalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi.
- ...,- qiz özini yöqotib qöydi,-
ketdimi?
U yigitning kulib turgan holatini köz
oldiga keltirdi. Lekin u chindan
kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum
bölgan kutish zalidagi örindiqlardan
biriga borib ötirdi. "U ketib qoldi.
Endi uni hech qachon
körolmayman..."
- Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,-
usiz samalyotga ham kech qoldim.
Qiz yigitga qaradi. Qölida bilet,
chamadon... Unga kulib qarab
turardi. Qiz uning quchog'iga otildi.
- Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u. - Ketib qoldi deb kim aytdi?
Yuragimni tashlab qayerga ham
ketardim,- uning sochlarini siladi
yigit.
- Siz yomonsiz...
- Hm. - Surbetsiz...
- Hm.
- Yana "hm"mi?
- Hm.
Ular kulib yuborishdi. Aeroportda
esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR
DEYDILAR....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев